Qamchiq dovonida 16—17-dekabr kunlari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlariga bag‘ishlangan o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘quv mashqlarini tashkil qilishdan maqsad FVDT rahbarlar tarkibi kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasini oshirish, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini oshirishdan iborat.
O‘z navbatida, fuqarolarimizdan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qolamiz, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Mavzuga doir:
Izoh (0)