Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hukumati mamlakat harbiy doktrinasiga ogohlantiruvchi va qurolsizlantiruvchi yadroviy zarbani kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Bishkekka tashrif yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Foto: Delfi

Foto: Delfi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSH bilan qiyoslaganda, “zamonaviyroq va samaraliroq” qanotli raketalarga hamda “hozircha AQSHda mavjud bo‘lmagan” gipertovushli majmualarga egadir.

“Shuning uchun, agar qurolsizlantiruvchi zarba haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘z arsenalimizga amerikalik sheriklarimizning ishlanmalarini va ularning o‘z xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyalarini kiritish haqida ham o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘lar. Biz bu haqda o‘ylayapmiz, xolos. O‘tgan vaqtlar davomida va o‘tgan yillarda bu haqda baralla gapirayotgan paytida hech kim uyalmagandi-ku”, — dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, AQSH strategiyasida preventiv zarba ko‘zda tutilgan, Rossiya doktrinasida esa “javob zarbasi” haqida qayd etilgan.

“Ammo agar potensial dushman preventiv zarba nazariyasidan foydalanish mumkin deb hisoblasa, biz esa unday fikrda bo‘lmasak, bu bizni boshqa mamlakatlar mudofaa sohasidagi shunday turdagi g‘oyalar tufayli, bizga nisbatan tug‘iladigan xavflar haqida o‘ylashga majbur qiladi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro qurolini qo‘llash haqida muntazam tahdid qilib keladi. So‘nggi oylarda, The Wall Street Joyrnal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Moskvani yadro quroli yoki boshqa ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash fikridan qaytarish uchun Rossiya hukumati vakillari bilan bir necha marta maxfiy muzokaralar olib borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)