Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda universitet talabalari sun’iy intellektga asoslangan videokuzatuv kameralariga odamni tanimas holga keltiradigan InvisDefense kiyimini ishlab chiqdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mazkur ixtiro Huawei tomonidan o‘tkazilgan kiberxavfsizlik innovatsiyalari bo‘yicha birinchi tanlovda g‘olib chiqqan. Kamuflyaj kunning istalgan vaqtida ishlaydi va u kuzatuv kameralarining samaradorligini 57 foizga kamaytiradi. Loyiha mualliflari bunday effektga maxsus usul yordamida qo‘llangan naqsh hamda kiyimga o‘rnatilgan issiqlik datchiklari tufayli erishgan.

Foto: South China Morning Post

Foto: South China Morning Post

Ta’kidlanishicha, ixtiro bir tomondan, odamlarning shaxsiy hayotini kuzatishga qarshi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xavfsizlik tizimlarida noqonuniy maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Ishlab chiquvchilar kiyimning bir to‘plamini 500 yuan (71 dollar) ga sotmoqchi. Kelajakda talabalar obyektlar va transport vositalari uchun, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kuzatuv tizimlaridan yashirinish uchun ham xuddi shunday ixtiro yaratmoqchi.

Foto: South China Morning Post

Foto: South China Morning Post

Mavzuga doir: AQSHda eng yangi “ko‘rinmas” bombardimonchi samolyot taqdim etilgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi