Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiya NATOga qo‘shilgandan so‘ng “jamoaviy mudofaaga hissa qo‘shishga” intiladi, shu jumladan, alyansning Yevropa Ittifoqi sharqiy chegarasidagi ishtirokini oshirishga yordam beradi, dedi mamlakat Mudofaa vaziri Pol Yonson.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Barcha suveren davlatlar o‘zini himoya qila olishi zarur va men shuni aytgan bo‘lardimki, ko‘proq milliy xatarlarni zimmaga olish kerakligi haqida tushuncha mavjud”, — dedi Mudofaa vazirligi rahbari.

Yonsonning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyidagi parlament saylovlaridan so‘ng tuzilgan yangi hukumat uchun eng muhim masala — NATOga a’zo bo‘lish. U, shuningdek, alyansga a’zo davlatlar uchun har qanday hujumga qarshi turadigan “NATO jamoaviy mudofaasi” tiyib turuvchi vosita sifatida “mutlaqo zarur” ekanini ta’kidladi.

Yonsson mudofaa xarajatlarini oshirish haqida gapirar ekan, Shvetsiya NATO tomonidan qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi: 2026—2028-yillarda mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foiziga yetkazish. Hozirda bu ko‘rsatkich mamlakatdagi YaIMning 1,3 foizini tashkil etadi.

Finlyandiya va Shvetsiya may oyida NATOga kirish uchun ariza topshirgandi. Bu jarayon alyansning barcha 30 a’zosi tomonidan ratifikatsiya talab qiladi, biroq Vengriya va Turkiya buni ma’qullamagan.

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Vengriya ikki mamlakatning alyansga qo‘shilishini fevral oyi boshida ma’qullamoqchiligini ta’kidlab, “hammasi bahorda hal bo‘lishiga”, jumladan Turkiya tomonidan tegishli hujjat ratifikatsiya qilinishiga umid bildirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi