Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi “Olmaliq g‘ishtchi” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodi 10 kun ichida 5 mingga yaqin xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan 8-dekabrdan 9-dekabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent viloyatidagi yuridik iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha o‘tkazgan tungi nazorat tadbiri davomida aniqlangan.

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, g‘isht ishlab chiqarish zavodi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan 2022-yilning 29-noyabrida gaz tarmog‘idan ajratilganiga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa noqonuniy ulanib tabiiy gazdan foydalanib kelgan.

Korxona tomonidan noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 118 ming kub metrni tashkil etadi. Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 5 mingga yaqin hovli xonadonning kuz-qish mavsumida bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hududlar bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Hududgazta’minot” rahbari Baxodir Eshmuratov ayni paytda barcha kuchlar aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilinganini, aholiga yo‘naltirish uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz yetkazilishi to‘xtatilganini aytgandi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi