Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Istanbulda Kempinski mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Haber nashri.

Foto: Haber

Foto: Haber

Hududga ko‘plab o‘t o‘chiruvchilar yuborilgan, mehmonxona joylashgan ko‘cha o‘rab olingan. Mehmonlar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ta’mirlash ishlari olib borilayotgan to‘rtinchi qavatda boshlangan.

Qutqaruvchilar chaqirilganidan bir soat o‘tib yong‘in bartaraf etilgan. Xabarga ko‘ra, bir nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Çırağan Palace Kempinski — besh yulduzli mehmonxona. U XIX asrda qurilgan Chiragan Usmonli saroyi binosida joylashgan.

Bugun, 9-dekabr kuni ertalab Moskva viloyatidagi “Mega Ximki” savdo markazida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi. Majmuaning katta qismi yonib ketgan.

“RIA Novosti”ga favqulodda xizmatlardagi manbalarning aytishicha, yong‘inning asosiy versiyasi — atayin o‘t qo‘yish deb atalmoqda. O‘z navbatida, “Interfaks”ning favqulodda xizmatlardagi suhbatdoshi o‘t qo‘yish yong‘in versiyalaridan biri sifatida ko‘rilayotganini, biroq yong‘inning boshqa ehtimoliy sabablari, jumladan, “texnik sabablar — elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv” ham istisno etilmaganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi