Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Ukrainadagi urushni qishda muzlatib qo‘yishga harakat qilmoqda, bu esa o‘z kuchlarini qayta tiklash va bahorda yangi hujumni boshlashga imkon beradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya urushni hech bo‘lmaganda qisqa muddatga to‘xtatib qo‘yishga harakat qilmoqda.

“Shunda ular qayta guruhlarga bo‘linib, harbiy texnikalarni tiklab, keyingi bahorda kattaroq hujum boshlashga harakat qilishi mumkin”, — deydi NATO bosh kotibi.

U qishda Ukrainadagi jangovar harakatlar tinchroq fazaga o‘tishini prognoz qildi. Biroq Ukraina va Rossiya qo‘shinlari o‘z kuchlarini qayta to‘plash va qurollantirish niyatidaligi, shu uchun G‘arb ittifoqchilari Ukrainaga yordam berishda davom etishi kerakligini aytdi.

Stoltenberg Rossiya hozirda tinchlik muzokaralariga tayyorlik ko‘rsatmayotganini ham qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, Ukrainadagi urush diplomatiya yo‘li bilan tugaydi, lekin buning uchun birinchi navbatda jang maydonida g‘alaba bo‘lishi kerak.

“Ko‘pgina urushlar, xususan, Ukrainadagi ham muzokaralar stolida tugaydi, ammo bu stolda nima sodir bo‘lishi butunlay jang maydonidagi vaziyatga bog‘liq”, — deydi Yens Stoltenberg.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?