Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2022-yil oxirigacha MDH yetakchilari sammit o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, yangi yil oldi MDH sammitini o‘tkazish g‘oyasi mavjud, barcha kelishuvlar yakunlangach, tegishli e’lon beriladi.

“Yangi yil oldidan shunday yig‘ilish o'tkazish g'oyalari bor, MDH sammitini nazarda tutayapman. Barcha kelishuvlar yakunlangach, biz tegishli e’lon beramiz”, — degan Peskov.

Oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlarining barcha rahbarlarini Sankt-Peterburgdagi norasmiy uchrashuvga taklif qilgandi. Qozog‘istonda oktabr oyida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi sammiti, MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisi, “Markaziy Osiyo — Rossiya” sammiti bo‘lib o‘tgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?