Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida tariflar erkinlashishi samarasini aholi qancha muddatda sezishini aytib o‘tdi.

“Tariflar erkinlashishi samarasini ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchisi, narx-navo oshganidan keyin odamlar energiyani tejab ishlatishga harakat qiladi. Bugungi kunda elektr yetishmasligidan qiynalayotgan odamlar emas, keragidan ortiqcha ishlatayotgan odamlar tejashni boshlaydi.

Ular iqtisod qilishni boshlaganidan keyin, kimgadir yetmayotgan joyga energiya yetib boradi. Buning samarasi ikki oyda seziladi. Lekin bu miqdor unaqa katta bo‘lmaydi. Bir yilda energiyaning iqtisod qilinishi keyingi yildagi o‘sish bilan yopilib ketadi. Ishlab chiqarish ko‘payishi 2-2,5 yilda seziladi.

Tarif erkinlashgandan keyin investorlar ham kelib, ish boshlaydi. Ular elektrostansiya qurib, energiya ishlab chiqarib, sotib, undan foyda olishga ko‘zi yetsa, 2-2,5 yilda birinchi stansiyani ishga tushiradi”, — dedi Sherzod Xo‘jayev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov