Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tarkibiga kiruvchi Dog‘iston respublikasida Kaspiy dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab 2500 ta o‘lik tyulen topildi. Bu haqda hudud Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi 4-dekabr kuni kechqurun xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Nobud bo‘lgan jonivorlarning murdalari turli joylarda, ayniqsa, Yuzabash daryosi yaqinida hamda Sulak va Shurinka daryolari etaklari oralig‘ida aniqlangan.

“TASS” vazirlikka tayanib yozishicha, bu so‘nggi o‘n yil ichida Kaspiy nerpalari (tyulenlar oilasiga mansub sutemizuvchi hayvonlar)ning ommaviy nobud bo‘lishi bilan bog‘liq eng yirik holatdir. Halok bo‘lgan jonivorlarni hisoblash davom etmoqda.

Bir kun avval, 3-dekabrda, Maxachqalada Kaspiy dengizi sohillarida 650—700 ta o‘lik tyulen topilgandi. 4-dekabr kuni kunduzi esa Kaspiy tabiatni muhofaza qilish markazi 1700 ta tyullen nobud bo‘lganini tasdiqladi.

Dog‘iston Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi tyulenlar halok bo‘lishining asosiy versiyasi sifatida “tabiiy omillar tan olingani”ni ma’lum qildi.

Kaspiy dengizida nerpalarning ommaviy nobud bo‘lishi birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Biroq shu paytgacha halok bo‘lgan hayvonlar soni unchalik katta bo‘lmagan: masalan, 2020-yil noyabrida 300 ta o‘lik jonivor topilgan bo‘lib, o‘shanda dengiz havzasiga tabiiy gaz sizib chiqishi ehtimoliy sabab sifatida aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj