Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionatining guruh bosqichi o‘yinlari 2-dekabr, juma kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
G va H guruhlaridagi o‘yinlardan keyin Portugaliya, Janubiy Koreya, Braziliya va Shveysariya pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Urugvay, Gana, Serbiya va Kamerun musobaqa bilan xayrlashdi.
Shu tariqa JCH—2022 da 1/8 finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:
- Niderlandiya — AQSH
- Angliya — Senegal
- Argentina — Avstraliya
- Fransiya — Polsha
- Yaponiya — Xorvatiya
- Ispaniya — Marokash
- Braziliya — Janubiy Koreya
- Portugaliya — Shveysariya
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar