Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya futbol uyushmasi tartib-intizom qo‘mitasi “Zenit” va “Spartak” o‘yinidan so‘ng ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan futbolchilarni jazoladi.

Foto: “Sports.ru”

Foto: “Sports.ru”

Rossiya Kubogi guruh bosqichi 6-turi doirasida kechgan “Zenit” va “Spartak” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin so‘ngida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Bosh hakam Vladimir Moskalev 6 futbolchini maydondan chetlatgan — Aleksandr Sobolyev, Shamar Nikolson, Aleksandr Selixov (barchasi “Spartak”), Vilmar Barrios, Rodrigao va Malkom (barchasi “Zenit”).

Tartib-intizom qo‘mitasi RFI intizom reglamenti 97-modda 2-qismiga binoan ushbu futbolchilarni Rossiya Kubogining 6 ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qildi.

Shuningdek, “Zenit” jamoasi 230 ming rubl, “Spartak” esa 150 ming rubl jarimaga tortildi.

27-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasida “Zenit” 4:2 hisobida zafar quchdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj