Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi guruh bosqichi 6-turi doirasida kechgan “Zenit” va “Spartak” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin so‘ngida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Hakamning asosiy vaqt tugaganini bildiruvchi hushtagi yangraganidan keyin Kvinsi Promes (“Spartak”) va Vilmar Barrios (“Zenit”) o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi. Janjalga Shamar Nikolson (“Spartak”), Daler Kuzyayev (“Zenit”) va boshqa futbolchilar, shuningdek, har ikki jamoaning xodimlari aralashdi.

Janjal davomida Rodrigao (“Zenit”) Nikolsonga  oyog‘i bilan zarba berdi, Nikolson esa bunga musht bilan javob qaytardi. “Spartak” vakili Aleksander Sobolyev esa Barriosga qo‘li bilan zarba berdi.

Yakunda hakam VAR yordamida oltita qizil kartochka ko‘rsatdi: Aleksandr Sobolyev, Shamar Nikolson, Aleksandr Selixov (barchasi “Spartak”), Vilmaru Barrios, Rodrigao va Malkom (barchasi “Zenit”).

Uchrashuvda “Zenit” penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (4:2).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj