Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar boshlash uchun AQSH prezidenti Jo Bayden aytgan shartlarni qabul qilib bo‘lmaydi. Peskov Ukrainadagi harbiy amaliyot davom etishini qo‘shimcha qildi. Avvalroq Bayden Ukrainadagi urush to‘xtatilgandan keyingina Putin bilan muzokara boshlashini aytgandi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“U (Bayden) birinchi navbatda Putin Ukrainani tark etishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, bu Putinning muzokaralarga tayyorligini namoyish qiladi. Ammo bu masala mohiyatini o‘zgartiradi. AQSH Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi yangi hududlarni haligacha tan olmaydi. Bu esa albatta, o‘zaro munozara uchun asoslar izlashni sezilarli darajada murakkablashtiradi”, — dedi Dmitriy Peskov jurnalistlarning savoliga javoban.

Peskov Vladimir Putin muzokaralarga tayyor ekanini qo‘shimcha qildi: “Maxsus harbiy operatsiya davom etadi. Shu bilan birga, prezident Putin muzokaralar uchun ochiqligicha qolmoqda”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun hamon “tinch diplomatik vositalar” afzal.

1-dekabr kuni Jo Bayden yaqin kelajakda Vladimir Putin bilan bog‘lanishni rejalashtirmaganini aytdi. U Ukrainadagi harbiy mojaroga barham berish istagini bildirsagina Putin bilan muzokaraga tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qildi. 2-dekabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Bayden Ukrainadagi mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikni istashini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi