Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada urushni to‘xtatishga qiziqish bildirgan taqdirda u bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Bayden Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Agar Putin urushga nuqta qo‘yish usulini topishga haqiqatan ham qiziqayotgan bo‘lsa, u bilan gaplashishga tayyorman. Hozircha men buni ko‘rmayapman”, — dedi Bayden yaqin vaqtlarda Rossiya prezidenti bilan muloqot qilishni rejalashtirmaganini ta’kidlab.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya urushni tugatishga qiziqish bildirsa, AQSH prezidenti Fransiya va NATO bo‘yicha boshqa ittifoqdoshlari bilan maslahatlashuvlardan keyin muzokaralar stoliga o‘tirishdan mamnun bo‘ladi.

Bayden Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini “nosog‘lom” deb atadi va Putinda urushni tugatishning yagona oqilona usuli borligini, u ham bo‘lsa, Ukrainadan “ketish” ekanini ta’kidladi. “Lekin u bunday qilmoqchi emas, shekilli. U bunday qilmayotgani evaziga juda katta badal to‘layapti. U Ukrainaning tinch aholisi ishtirokida aqlga to‘g‘ri kelmaydigan qirg‘in o‘tkazmoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi AQSH prezidenti.

O‘z navbatida, Makron Ukrainada yaqin haftalar va oylar ichida vaziyatning borishiga qarab, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar muddatlari haqida gapirish mumkin bo‘ladi, dedi. Uning fikricha, ittifoqchilar ukrainaliklarni Rossiya bilan o‘zlari uchun nomaqbul bo‘lgan murosaga borishga undamasligi kerak.

Matbuot anjumani chog‘ida Bayden va Makron AQSH va Fransiya Rossiya va Putinni Ukraina va “qolgan dunyo” bilan urush uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha qat’iyatga to‘laligini aytdi. Mamlakatlar yetakchilari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini va qancha kerak bo‘lsa, shuncha yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.

1-dekabr kuni Kreml yil oxirigacha Rossiya va AQSH o‘rtasida muloqotlar rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. O‘z navbatida, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidlashicha, Moskva hech qachon Vashington bilan muzokaralardan qochmagan, ammo hozircha “qandaydir muhim g‘oyalarni eshitmayapti”.

Noyabr oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan har qanday muzokaralar yashirincha emas, ommaga oshkora holatda o‘tishi kerakligini aytgandi. Uning ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak frontdagi joriy vaziyat fonida muzokaralarni boshlash Ukraina taslim bo‘lganini bildirishini ta’kidladi.

 

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov