Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Taxtlar o‘yini”ning muxlisi bo‘lmasangiz ham, Jeyson Momoa haqida eshitgansiz, albatta. Drogo va Akvamen rolini ijro etgan aktyor tezlikning ashaddiy muxlisi. Uning avtomobillar kolleksiyasining bahosi 1 million dollardan oshadi, bir nechta noyob modellar ham bor. Jeysonning kolleksiyasidagi avtomobil hamda mototsikllar egasining shaxsiyati va xarakterini aks ettiradi.

1955-yilgi pushti Cadillac

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jeyson Bernadett deb nomlagan ajoyib pushti Cadillac’ga ega. Bu aktyorning eng e’tiborga molik xaridlaridan biri bo‘lsa kerak, chunki ko‘chalarda pushti rangli Cadillac’lar juda kam. Mashina uning jangchi-superqahramon obraziga unchalik mos kelmaydi, lekin baribir u ajoyib ko‘rinadi. Aktyor bu mashinani 22 yoshida Elvis Preslidan ilhomlanib, sotib olgan.

Harley-Davidson Panhead Chopper

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jeyson kolleksiyasidagi eng zo‘r mototsikllardan biri uning 1956-yilda ishlab chiqarilgan Harley-Davidson Panhead Chopperi’dir. Ushbu mototsikl aktyorning klassik Xarlilarga bo‘lgan muhabbatini ifodalaydi. Aktyor sevimli buvisi sharafiga mototsikliga Meybl deb nom bergan.

Harley-Davidson Softail Slim

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari Jeysonga Harley-Davidson Softail Slim’ni sovg‘a qilishgan. “Akvamen” filmini suratga olish jarayonida Jeyson Village Roadshow studiyasiga qaytib keladi va karton qutida uning sovg‘asi — Softail turardi. Bu odatiy Harley-Devidson, ammo ba’zi o‘ziga xosliklari bilan: unda massiv elementlar yo‘q, bu modelni yanada minimalist qiladi.

Harley-Davidson Model J

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Aktyorda 1916-yilda ishlab chiqarilgan Harley-Davidson Model J ham bor. O‘z tarixi bilan mashhur bo‘lgan mototsiklni hozirda transport muzeylarida va brendning haqiqiy muxlislari orasidan topish mumkin. Momoa boy tarixiy o‘tmishni ham, uning transport tanlashida ham o‘z aksini topgan vizual jozibadorlikni qadrlaydi.

Harley-Davidson LiveWire

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Aktyorning Harleys kolleksiyasiga so‘nggi qo‘shilgani Harley-Davidson LiveWire bo‘lib, Jeyson elektr transport vositalariga ham qiziqadi. LiveWire — Harley-Davidsonning birinchi “yashil” mototsikli bo‘lib, 175 km/soat tezlikka erishadi.

Land Rover Defender 3

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jeysonning sevimli mashinalaridan biri uning 3-Series Land Rover Defenderidir. Aktyorning bu mashinani yaxshi ko‘rishini uni sotib olishning ta'sirli hikoyasi tasdiqlaydi. Ushbu Land Rover aktyor uchun birinchi yirik sotib olingan mashina bo‘lib, keyinchalik u bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Jeyson uni 2014 yilda suratga olmoqchi bo‘lgan filmini moliyalashtirish uchun sotgan. Ammo aktyorga mashina shu qadar yoqardiki, yetarlicha pul ishlab topgach, uni avvalgi egasidan qaytarib olishga qaror qiladi.

Valkree Drifter

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jeysonning garajidagi noyob mototsikl bu — elektr Valkree Drifter. U vintaj uslubida tayyorlangan va Avstraliyadagi ustaxonada qo‘lda yig‘ilgan. Drifter 250 Vt quvvatga ega orqa dvigatel bilan jihozlangan, uni 500 Vtgacha oshirish mumkin. Modelga yengil qotishma korpusga mahkamlangan Samsung litiy-ion batareyasi o‘rnatilgan.

Ford F-550 Earthroamer

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jeyson Ford F-550 RV nomi bilan mashhur Earthroamer’ga ham ega. Jeyson bu mashinani shunchalik yoqtirib qoladiki, aktyor hatto uni o‘zi bilan “Akvamen” filmi premyerasiga ham olib keladi. Momoa ochiq havoda yurishni yaxshi ko‘radi — Earthroamer bunga juda mos keladi. Avtomobil 6,7 litrli V8 turbodizel dvigateli bilan jihozlangan va eng arzon bazaviy modeli yarim million dollardan qimmatroq turadi.

BMW R Nine T Scrambler

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Momoaning kolleksiyasida bir nechta noyob mototsikllari bor va bu mototsikllarning eng oddiysi. Aktyorning garajidagi boshqa misollar tarixi va nafisligi bilan ajralib turadi, Scrambler esa tezligi yuqoriligi bilan farqlanadi.

Land Rover Range Rover 2019

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jeyson qanday turdagi mashinani yoqtirishini bilish qiyin, chunki uning tanlovi oddiy yo‘ltanlamaslardan tortib eng ko‘zga ko‘ringanlarigacha. Jeysonning kolleksiyasida oq Range Rover bor, paparatssilarning suratlariga qaraganda, u do‘konga shu mashinasida borishni yaxshi ko‘radi.

Oldsmobile 442

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Agar 2021-yilgi “Kichkintoy” filmini tomosha qilgan bo‘lsangiz, Momoa qahramoni boshqargan mashina 1970-yilda ishlab chiqarilgan Oldsmobile 442 ekanini eslasangiz kerak. Filmda mashinaning ko‘rinishi unchalik yaxshi bo‘lmaydi, lekin suratga olishdan so‘ng aktyor mashinani to‘liq tiklaydi. Shu yilning yozida ommaviy axborot vositalarida aktyorning ushbu Oldsmobile’da avariyaga uchragani haqida xabarlar paydo bo‘ldi: Kaliforniya magistrallaridan birida avtomobilga qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan mototsikl uriladi. Yaxshiyamki, YTH ishtirokchilari jiddiy jarohat olmagan, mototsiklchining ayrim joylari ko‘kargan bo‘lsa-da, tekshiruv uchun shifoxonaga yuborilgan.

Bentley Blower

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘tgan yili paparatssilar Momoaning taxminiy narxi 300 ming dollar bo‘lgan 70 yillik Bentley mashinasida London markazi bo‘ylab aylanib yurgani aks etgan ko‘plab suratlarni olishga muvaffaq bo‘ldi. Klassik kabriolet 1952 yilda Speed ​​​​8 Tourer asosida 1920-yillar uslubida yaratilgan. Momoa ushbu to‘q yashil eski avtomobilini ham Harley’laridan biri kabi yaxshi ko‘radi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi