Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Ukrainadagi urishining o‘ninchi oyida Shveysariya muzlatilgan Rossiya aktivlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Bu haqda mamlakatning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan urushi tufayli Shveysariyada muzlatilgan aktivlarning umumiy miqdori 7,5 milliard Shveysariya frankiga (8 milliard dollar) yetgan.

Shveysariyada sanksiyalar ostidagi Rossiya fuqarolari, kompaniyalari va tashkilotlariga tegishli umumiy qiymati 7,5 milliard Shveysariya franki (8 milliard dollar) bo‘lgan moliyaviy aktivlar va 15 ta ko‘chmas mulk obyektlari “muzlatib qo‘yildi”.

Bu Shveysariyadagi Rossiya aktivlarining faqat bir qismi, — deyiladi hisobotda.

Hisobotga ko‘ra, rossiyaliklar Shveysariyada 46 milliard Shveysariya franki (48,6 milliard dollar) miqdorida omonat qo‘ygan.

Mamlakat 28-fevral kuni rossiyaliklardan 100 ming Shveysariya frankidan (106 ming dollar) ortiq omonatni qabul qilishni taqiqlovchi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qo‘shilgan.

Oldindan mavjud bo‘lgan depozitlar ushbu miqdordan oshib ketgan bo‘lsa, SECO’da ro‘yxatdan o‘tish kerak edi. Bu 123 rossiyalik va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirildi, depozitlarning umumiy miqdori 46 milliard Shveysariya frankini tashkil etdi.

SECO ta’kidlaganidek, Shveysariya yoki Yevropa iqtisodiy hududiga a’zo davlat fuqaroligi yoki yashash ruxsatiga ega bo‘lgan Rossiyadan kelgan shaxslar hisobot berishi shart emas.

Shveysariya bankirlari assotsiatsiyasi ma’lum qilishicha, mamlakat banklari kamida 150 milliard Shveysariya franki (159 milliard dollar) miqdoridagi Rossiya aktivlariga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi