Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekiston—Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining 26-yig‘ilishida ishtirok etish doirasida mamlakatga tashrif buyurgan Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi savdo bo‘yicha komissari Kenan Poleo hamda Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori Endryu Mitchell bilan uchrashdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. O‘zaro tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri Britaniya sarmoyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga tayyorlik bildirildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov