Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aksariyat aktyor va aktrisalar erishgan muvaffaqiyatiga odamlar shubha qilmasligi uchun o‘zining mashhur ota-onalari kimligini ataylab yashiradi. Qolaversa, hamma familiyasi yoki qarindoshligidan qat’i nazar o‘ziga xos nom qoldirish tarafdori, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan.

Lili va Fil Kollinz

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

“Parijdagi Emili” yulduzi taniqli musiqachi Fil Kollinzning qizi. Ko‘pchilikka ma’lumki, Lilining otasi Pol Makkartni va Maykl Jekson bilan bir qatorda turadi. Ularning albomi butun dunyo bo‘ylab yuz million nusxadan ortiq sotilgan.

Kris va Robert Payn

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Kris Payn aktyorlar oilasida tug‘ilgan, uning ota-onasi Gollivudda mashhur bo‘lgan. Robert Payn “Kaliforniya yo‘l patruli” serialidagi serjant Jozef Getrar roli bilan mashhur bo‘ldi. Gvin Gilford esa “Ehtiyot bo‘ling” filmidagi roli bilan tomoshabinlar tomonidan esga olinadi.

Jennifer va Jon Eniston

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Yulduzning aksariyat muxlislari Jennifer Eniston aktyor Jon Enistonning qizi ekanini yaqindagina bildi. Afsuski, Gollivud yulduzining otasi 2022-yil noyabr oyi boshida vafot etdi.

Liv va Stiven Tayler

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Ba’zan shunday bo‘ladiki, yulduzlar va ularning mashhur ota-onalari bir muncha vaqt o‘tgach bir-birlarini topadi. Misol uchun, Liv to‘qqiz yoshga to‘lgunga qadar o‘gay otasini dada deb atagan. U uchrashib qolgan singlisi Mia bilan ikki tomchi suvdek o‘xshar edi. Shundan keyin haqiqat oshkor bo‘ldi.

Emma va Erik Roberts

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Emma Roberts ko‘pincha o‘zining mashhur xolasi Juliya Roberts haqida gapiradi. Biroq aktrisaning iste’dodli dadasi ham bor. Aytgancha, Erik Roberts 600 dan ortiq film va teleseriallarda suratga tushgan.

Frenk va Stiven Dilleyn

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Frenk “Garri Potter” filmidagi Tom Reddl rolidan tomoshabinlarga ma’lum. Biroq uning otasi Stiven ham aktyor, buning uchun “Taxtlar o‘yini”dagi Stannis Barateon obrazini eslash kifoya.

Ketrin va Sem Uoterston

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

“Fantastik jonzotlar” yulduzi “Qonun va intizom” serialida suratga tushgan otasi Sem Uoterstonning izidan bormoqda.

Gvinet Peltrou va Blayt Dnener

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Gvinet va Blayt nafaqat ona va qiz, balki sobiq hamkasblardir. Peltrou va Dennerni “Shafqatsiz shubhalar” serialida ko‘rish mumkin.

El King va Rob Shnayder

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

El King mashhur otasining ta’siri haqida gap-so‘zlarni ko‘paytirmaslik uchun Shnayder familiyasini taxallusiga qo‘shmadi.

Billi Lurd va Kerri Fisher

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Billi nafaqat aktrisa, balki aktyorlar sulolasining bir qismidir. Uning onasi Kerri Fisher va buvisi Debbi Reynolds. Afsuski, aktrisaning buvisi va onasi olamdan o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi