Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi “139 documentary centre” galereyasida 29-noyabr kuni Butunjahon OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Hayot davom etadi” fotoko‘rgazmasi ochildi. “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tibbiy-gumanitar tashkiloti va Respublika OITSga qarshi kurash markazi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma 6-dekabr (yakshanba – dam olish kuni)gacha davom etadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Hayot davom etadi” ko‘rgazmasi OIV hamda OITSni idrok etish va davolash evolyutsiyasini ko‘rsatish, shuningdek, turli mamlakatlardagi odamlarning OIV bilan hayot kechirayotgani, test sinovlari, davolash tarixi haqida hikoya qiladi.“Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova ko‘rgazmadagi suratlar hamda qahramonlarning hikoyalarini jamlagan holda fotoreportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Niiri Karago, Keniya, 2021
Menga OIV tashxisi 60-yillarda qo‘yilgan. Men kasal bo‘lib qolgan vaqtda hech qanday ARV dorilar yo‘q edi. ARV dorilar birinchi marta paydo bo‘lganida, ular mening OIV bilan bog‘liq holatim uchun foydaliligini sezdim. Shu vaqtgacha ular menga hali ham yordam beradi. Men har doim dori-darmonlarimni qabul qilib kelyapman. Shuning uchun men hozirgacha tirikman, — deydi suratdagi Kefa Onyango Okundi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Niiri Karago, Keniya, 2021
Stigma ta’sirida bemor o‘zining kasalligini yanada keskin his qiladi. 25 yil oldin davolanishni boshlaganimda, stigma dahshatli bo‘lgan. Bizning jamiyatimizda seni la’natlangan yoki axloqiy jihatdan buzuq odam deb o‘ylashar edi... — Jeyms Onyango so‘nggi 25 yil ichida OIV stigmasi qanday o‘zgargani haqida hikoya qiladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Pablo Garrigos, Kongo Demokratik Respublikasi, 2019

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Charli Kasereka, Kongo Demokratik Respublikasi, 2021
“Men iyul oyida kasalxonaga jiddiy, hushsiz holatda keldim. Menda pul yo‘q edi va men hozirgi sog‘lom holatimga qaytaman deb o‘ylamagan edim. Men bu kasalxonada ikki oy yotib davolandim, – deydi Sara. – Bugun men yana oyoqqa turib, kasalxonadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldim.

Tibbiyot xodimlari Saraga OIV bilan kasallanganligini aytganida, onasi va eri uni tashlab ketdi.

Oilam meni rad etgani tufayli, hozir cherkovda yashayapman. Yaxshiyamki, bu yerda meni rag‘batlantirish, kurashishimni va davolanishimni to‘g‘ri kuzatish uchun tibbiy guruh bor. Hali ham faoliyatimni davom ettirish uchun barcha qobiliyatlarimni va kuchimni tiklashga umid qilaman.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Pablo Garrigos, Kongo Demokratik Respublikasi, 2019

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Izabel Kortyer, Malavi, 2019
Yuqoridagi suratda hayotga umid bilan jilmayib turgan qizaloqning ismi Ester, u “Chegara bilmas shifokorlar”ning OIV kasalligi yuqori darajaga yetgan bemori hisoblanadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Sara Kreta, Kongo Demokratik Respublikasi, 2017

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
MSF shifokori Patnadagi “Chegara bilmas shifokorlar” kasalxonasiga qabul qilinayotgan OIV kasalligi yuqori darajaga yetgan kichik bemorni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Siddharth Singh, Hindiston, 2021

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Niiri Karago, Keniya, 2021

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Jon Kamanga Mujanayi va Mundele Kikva Anjelik – OIV bilan kasallangan juftlkning portreti. Kris Pannekuke, Kongo DR, 2017

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Izabel Kortyer, Malavi, 2019

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Izabel Kortyer, Malavi, 2019

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Izabel Kortyer, Malavi, 2019
Men hamjamiyatimizning o‘zgarishlar ovozi bo‘lishini xohlayman. Men OIVga chalingan odamlarni topib, kasallikdan xoli bo‘lishi uchun bu hamjamiyatni o‘zgartirishni istayman. O‘zim yordam olganimdan so‘ng, kimdir azob chekayotganini bilib, bu yerda tinch o‘tirolmayman, — deb ta’kidlaydi malavilik Ostin.
Ostin tuman kasalxonasida 12 kun yotdi va unga diabet tashxisi qo‘yilgan edi. OIV bilankasallanish kabi, bu kasallik butun umr davomida davolanishni talab qiladigan holatdir. Ostin endi kasalxonadan chiqib, uyiga borishga tayyor. Uning rafiqasi Patuma unga narsalarini chitenyes, Malavida ishlatiladigan an’anaviy matoga o‘rab yig‘ishda yordam beryapti.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Ben Smol, Myanma, 2021

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Ben Smol, Myanma, 2021
Ma Sabai “Chegara bilmas shifokorlar”ning Moegaung klinikasida antiretrovirus davolanishdan o‘tayotgan paytda chaqaloqqa otasi qarayapti. 24 yoshli Ma Sabai OIV bilan tug‘ilgan. MSF so‘nggi yigirma yil davomida Myanmada ishlab, moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlagan, antiretrovirus davolashni amalga oshirgan va yuqori sifatli tibbiy yordam, shu jumladan, sil kasalligi kabi boshqa kasalliklarga chalingan OIV+ odamlarga zarur bo‘lgan xizmatlarni ta’minlagan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Svetlana Nevsegda, Rossiya, 2022

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Sankt-Peterburgdagi “Insonparvarlik harakati”ning avtobusi. Svetlana Nevsegda, Rossiya, 2022
MSF bilan hamkorlik qiluvchi NNTning ikkita avtobusi mobil klinika sifatida jihozlangan bo‘lib, shaharning turli joylarida aholining zaif guruhlariga xizmat ko‘rsatadi. Odamlar bu yerga OIV, gepatit C, jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarga tekshirish, zarur dori-darmonlarni olish, shuningdek, psixosotsial yordam va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ta’lim olish uchun kelishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Viktoriya Gendina, O‘zbekiston, 2021

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Viktoriya Gendina, O‘zbekiston, 2021

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Umida Ahmedova, O‘zbekiston, 2022

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mobil laboratoriya. Umida Ahmedova, O‘zbekiston, 2022

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Ahamiyatlisi shuki, 1-dekabr kuni soat 16:00 dan 19:00 gacha ko‘rgazma yonida OIV, gepatit C va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarni aniqlash bo‘yicha ko‘chma laboratoriya faoliyat ko‘rsatadi. Unda anonim, maxfiy va bepul tekshiruv, shuningdek, infeksiyalarning tashxisi va yuqishi haqida bemalol ma’lumot olish mumkin. Ko‘chma laboratoriya “Chegara bilmas shifokorlar” va Respublika OITSga qarshi kurash markazining qo‘shma loyihasi bo‘lib, diagnostika va davolash-profilaktika yordamidan foydalana olmayotgan bemorlarning testdan o‘tishini osonlashtirish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishlaydi.

Ma’lumot uchun, Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988-yildan beri har yili 1-dekabr kuni nishonlanadi. Shu kuni butun dunyo bo‘ylab odamlar OIV bilan kasallanganlarni qo‘llab-quvvatlash va OITS bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etganlarni xotirlash uchun yig‘iladi.

“Shuni unutmasligimiz kerakki, OIV bilan zararlangan odamlarga nisbatan salbiy munosabat — epidemiyani yashirishdir. Birdamlik va xabardorlik OIV orqali tarqalishiga qarshi yo‘ldir”, — deyiladi ko‘rgazma tavsifida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi