Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya bosh vaziri Elizabet Born mamlakatda so‘nggi paytlarda kuniga 40 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlanayotgani va epidemiya kuchayib borayotgani haqida ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Epidemiya qaytmoqda. Bu yangi to‘lqin bizga shuni eslatadiki, virus yo‘qolgani yo‘q, epidemiya bizga yana zarba bermoqda, o‘ldirmoqda”, — deya Bornning so‘zlarini keltirdi fransuz matbuoti.

Bosh vazirning aytishicha, bir hafta ichida koronavirus bilan kasallanganlar orasida kasalxonaga yotqizilganlar soni 10 foizga oshgan. Uning ta’kidlashicha, o‘tgan haftada 400 kishi COVID-19 asoratidan vafot etgan.

Born ehtiyot choralarini ko‘rish muhimligini ta’kidlab, aholini masofani saqlashga va, xususan, jamoat transportida niqob taqishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi