Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH hukumati Ukrainaga Rossiyaning yirik hujumlari oqibatida shikastlangan energetika tizimini tiklash uchun 53 million dollar ajratadi. Bu haqda  AQSH Davlat departamenti ma’lumotlariga tayanib CNN xabar bermoqda

Foto: CNN

Foto: CNN

Mablag‘lar Ukraina davlatining energetika sektorini favqulodda qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ravishda beriladi va elektr tarmog‘ini tiklash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanadi. 

AQSH Davlat departamentining qo‘shimcha qilishicha, yordam paketi transport vositalari, transformatorlar, ajratgichlar, kuchlanishdan himoyalovchilar, avtomatik o‘chirgichlar va boshqa muhim jihozlarni o‘z ichiga oladi. Uskunalar imkon qadar tezroq Ukrainaga yetkazilishi kerak.

Rossiyaning hujumlari oqibatida Ukrainda ko‘plab hududlarda elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar yuz berdi, suv ta’minoti va isitish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.

29-noyabr kuni “Ukrenergo” mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi 30 foizga yetgani haqida xabar berdi.

 

Mavzuga dori:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi