Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirolicha Yelizaveta II birinchi navbatda hurmatli monarx sifatida qabul qilingan. Ammo shuni unutmangki, Hazrati oliyalari ham ayol edi. Moda sanoatiga ta’siri jihatidan u Britaniyaning asosiy moda ikonasi Keyt Middltondan qolishmasdi.

Yorqin lab bo‘yog‘idan foydalaning

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Biz qizil yoki boshqa yorqin lab bo‘yog‘i odatda biron bir tadbir, masalan, to‘y, restoran yoki teatrga borganda foydalanishga o‘rganib qolganmiz. Ammo Yelizaveta II har bir kun uchun yorqin lab bo‘yog‘i nafis ekanligini bir necha bor isbotlagan.

Agar shubhangiz bo‘lsa, laksiz manikyurni tanlang

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Shubhasiz, ko‘plab qizlar tirnoq bo‘yog‘i rangini tanlash deyarli eng qiyin qaror ekanligini tasdiqlaydi, chunki shuncha rang ichidan birini tanlash kerak. Ammo qirolicha Yelizaveta bunday muammoga duch kelmadi. Buning sababi shundaki, u lakning tabiiy teri rangini afzal ko‘rdi va 30 yildan ortiq vaqt davomida u bilan tirnoqlarini bo‘yadi. Aytilishicha, uning eng sevimlisi 1989-yilda uning iltimosiga binoan Essi lak firmasi tomonidan yaratilgan “Balet tuflisi” deb nomlangan lak edi.

Poshnali poyabzal kiyish — har qanday yoshda nafislik belgisi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Poshnali poyabzal kiyishga Yelizaveta II juda jiddiy yondashdi. Uning poyabzal parvarishi bo‘yicha xodimi va alohida odam bor edi. Qirolichaning bir paytlar u uchun maxsus tayyorlangan sevimli poyabzal modeli bor edi. Agar poyabzal eskirgan bo‘lsa, ular har safar yangidan yasalgan. Albatta, fotosuratlarga ko‘ra, malika bundan tashqari boshqa modellarni ham kiygan.

Qo‘lqoplarni ham unutmang

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hazrati oliyalari qo‘llariga juda g‘amxo‘rlik qilgan. Deyarli barcha suratlarda uning qo‘lqop kiyganini ko‘rish mumkin. Bu uni boshqa odamlarning qo‘lidagi ko‘plab mikroblardan himoya qilgan.

Sumkangizda pudra olib yuring

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Odatda ayollar sumkasida juda ko‘p narsalar bo‘ladi: hujjatlar, kalitlar, taroq, lab bo‘yog‘ini o‘z ichiga oladi. Ammo sumkangizda pudra doim bo‘lishi kerak, chunki u har qanday vaqtda sizga yordam berishi mumkin.

Olomondan ajralib turing

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yelizaveta II ning deyarli har bir obrazi yorqin ranglar paradiga o‘xshaydi. Maqsad — olomondan ajralib turish, shunda hamma qirolichani ko‘ra oladi. Hazrati oliyalarining eng sevimli rangi sariq edi — bu rangdagi kostyumda u shahzoda Uilyam va Keytning to‘yiga tashrif buyurgan.

Shlyapalar hech qachon ortiqchalik qilmaydi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ma’lum bo‘lishicha, qirolicha shlyapalari nafaqat aksessuar, balki uning yuzini quyosh nurlaridan himoya qiluvchi muhim buyum hamdir. 1953-yilda toj kiyish marosimidan beri Yelizaveta II 5000 dan ortiq bosh kiyim kiygani ham ajablanarli emas, albatta.

Aksessuar sifatida broshni tanlang

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Brosh qirolichaning eng sevimli zargarlik buyumlaridan biri bo‘lgan ko‘rinadi. Hazrati oliyalari kamdan kam hollarda plash yoki paltoning chap yoqasida zargarlik taqinchog‘isiz ko‘rinardi. Qirolicha bu aksessuarga shunchalik ehtiyotkor bo‘lganki, u tashrif buyurgan mamlakatga qarab ba’zan ma’lum bir zargarlik buyumini tanlagan.

Monoxrom kiyining

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Qirolicha o‘zining monoxrom ko‘rinishi bilan mashhur edi. Uning deyarli barcha chiqishlari bitta rangdagi yoki bitta rang sxemasidagi liboslar edi — shlyapadan yubkaga qadar. Bunday obraz qirolichani atrofdagilardan ajratib turgan, nafis va balandroq ko‘rinishga imkon bergan.

Obrazni ro‘mol bilan boyiting

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Qirolichaning eng mashhur bosh aksessuari bu ro‘moldir. Uni iyagi ostiga bog‘lab yurishni afzal ko‘rardi. Hazrati oliyalari ro‘molli holda shahar tashqarisidagi tadbirlarda, masalan, poygalarda ko‘rinish bergan.

Marvaridli zargarlik buyumlarini taqing

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Qirolicha nafaqat qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan toj va marjonlarni, balki kamtarroq, ammo nafis marvarid taqinchoqlarini ham yaxshi ko‘rardi. Uning obrazida ko‘pincha uch qator marjon va marvarid sirg‘alarning duetini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi