Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Agar Belarus Ukrainaga qarshi urushning bir qismi sifatida quruqlikdagi operatsiyalarni o‘tkazishga harakat qilsa, bu o‘z joniga qasd qilishni anglatadi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusovga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: TCH

Foto: TCH

Yusovning so‘zlariga ko‘ra, Belarus go‘yoki Ukrainaga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotlar qasddan tarqalmoqda. Bunday axboriy-psixologik operatsiyalar ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta maqsadlarni ko‘zlaydi.

“Mazkur vaziyatda ukrainaliklar, Ukrainaga chegaradosh viloyatlar aholisi o‘rtasida vahima uyg‘otish maqsad qilinganini ko‘rmoqdamiz. Shuningdek, Ukraina mudofaa kuchlarini yo‘naltirish, qo‘shinlarni boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazish maqsad qilingan. Ushbu maxsus psixologik ma’lumot operatsiyasining obyekti va maqsadiga Belarusning o‘zi va aholisi ham kiradi. Bu orqali Belarusni urushga jalb qilish ham maqsad qilingan”, — deydi Yusov.

Ukraina razvedkasi rasmiysi qarshi tomon o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yganini tushunish muhimligi, bunday provokatsiyalarga berilib bo‘lmasligini aytdi. Shu bilan birga, Yusov Aleksandr Lukashenko rejimidan hech qanday tahdid yo‘q deb aytish mumkin emasligini qayd etdi.

“Mavjud va Lukashenko Putinga qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va zirhli texnikalar bilan yordam bermoqda. U Ukrainaga qarshi zarbalar berish uchun o‘zining havo hududini taqdim etadi. Ammo hozirgi kunda keng ko‘lamli bosqin sodir bo‘ladi va yaqin kelajakda Belarus quruqlikdagi operatsiyaga jalb qilinadi, deb ayta olmaymiz”, — deydi Ukraina razvedkasi vakili.

Mavzuga doir: Lukashenko Ukrainaga Belarus qo‘shinlarini kiritadimi?

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati