Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat Qurolli kuchlari Ukraina hududiga kiritilishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.

Foto: Soyuz.by

Foto: Soyuz.by

“Bu mutlaqo bema’nilik. Agar biz Qurolli kuchlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu mojaroga aralashsak, vaziyatni yomonlashtiramiz. Bu Belarusning mojarodagi roli emas”, — deydi Lukashenko.

Prezident Belarus hech qachon maxsus harbiy amaliyotda qatnashishdan bosh tortmagani va harbiylarning bevosita ishtirokisiz boshqa yo‘nalishlarda yordam berayotganini aytdi.

“Biz urushga aralashmaymiz, hech kimni o‘ldirmaymiz. U yerga ishchi kuchini yubormaymiz, chunki bunga ehtiyoj yo‘q”, — dedi Belarus rahbari.

Belarusning Rossiya-Ukraina nizosiga munosabati

Rossiya Ukrainada 24-fevraldan buyon maxsus operatsiya olib bormoqda. Lukashenko Belarus nizoda qatnashmayotganini va qatnashishni rejalashtirmayotganini bir necha marta ta’kidlagan. “Tag‘in meni qandaydir hujumni rejalashtiryapti, Ukrainani Belarus hududidan bombardimon qilmoqchi deb o‘ylamang. Sizning va mening farzandlarimiz jang qilishini hech ham istamayman. Ular nimani deb jang qilishi kerak?” — degan edi u avgustda.

Sentabrda Lukashenko Belarus o‘z hududi orqali Rossiya armiyasiga yashirincha zarba berilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi. Keyinroq esa u Belarus hech kimga hujum qilmaganini va hujum qilmasligini aytdi va Ukrainada qon to‘kilishini to‘xtatish uchun hamma chorani ko‘rishga va’da berdi.

Keyinroq Aleksandr Lukashenko Belarus Rossiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashayotganini, ammo o‘z harbiylarini ziddiyat hududiga yubormayotganini aytdi. “Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyadagi ishtirokimizga kelsak, biz unda qatnashyapmiz. Buni yashirmayapmiz. Lekin biz hech kimni o‘ldirmayapmiz. O‘z harbiylarimizni hech qayerga yubormayapmiz. Biz o‘z majburiyatlarimizni buzmayapmiz”, — dedi Lukashenko.

10-oktabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan “Ittifoq davlati g‘arbiy chegaralaridagi keskinlik sababli” mintaqaviy qo‘shinlar guruhini kuchaytirish haqida kelishib olganini ma’lum qildi.

15-oktabr kuni esa mintaqaviy qo‘shin guruhlarining rossiyalik harbiylardan iborat dastlabki eshelonlari Belarusga yetib keldi.

25-oktabrda Rossiya Ukrainaga Belarus hududidan kamikadze dronlar bilan zarba berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi