Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Renaissance Hall saroyida 26-noyabr, shanba kuni UZ Football Awards—2022 marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda futbol sohasida turli nominatsiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning 2022-yildagi eng yaxshilari aniqlandi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va “Olimpik” bosh murabbiyi Temur Kapadze yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ta’kidlash joiz, 2021-yilda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan edi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Navbahor” a’zosi Jamshid Iskandarov yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. 2021-yilda ushbu sovrin “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga nasib etgandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston Superligasining ham eng yaxshilari taqdirlandi.

Superliganing eng yaxshi murabbiyi — Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Superliganing eng yaxshi futbolchisi — Dragan Cheran (“Paxtakor”);

Yosh yulduz — Abbosbek Fayzullayev (“Paxtakor”);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Superliga-2022 to‘purari — Dragan Cheran (“Paxtakor”) — 20 ta gol;

Superliganing eng chiroyli goli — Islomjon Toshpo‘latov (“Surxon”);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yilning eng yaxshi hakamlari — Vadim Agishev, Roziyabonu Yusupova;

Superliga—2021 ramziy terma jamoasi:

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Darvozabon: O‘tkir Yusupov (“Navbahor”);

Himoyachilar: Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov (ikkalasi ham “Nasaf”), Rustam Ashurmatov (“Navbahor”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor”), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”), Xurshid G‘iyosov (“OKMK”), Jamshid Iskandarov (“Navbahor”);

Hujumchi: Dragan Cheran (“Paxtakor”).

Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi — Bahodir Ahmedov (“Jizzax-Kenteks” klubining bosh murabbiyi);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yilning eng yaxshi futzalchisi — Husniddin Nishonov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “BMB” klubining futzalchisi);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Marosimda yana bir qator nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi.

O‘zbek futboli nuroniysi — Birodar Abduraimov;

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Fidoiylik ramzi — Anvar Ohunov;

Feyr-Pley sovrini — “Xorazm” futbol klubi;

Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi — Vladimir Xan;

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi — Maftuna Shoyimova (“Sevinch”);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayollar Oliy ligasining to‘purari — Diyora Habibullayeva (“So‘g‘diyona-W”);

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pro-Liganing eng yaxshi murabbiyi — Viktor Kumikov (“Andijon”);

Pro-Liganing eng yaxshi futbolchisi — Ro‘zimboy Ahmedov (“Buxoro”);

Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi — Farhod Nishonov (O‘zbekiston U-19 terma jamoasi);

Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi — Sherali Boboqulov (So‘g‘diyona-W);

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Mahliyo Sarikova (“Sevinch”).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi