Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Braziliya va Serbiya terma jamoalari 24-noyabr, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 62-daqiqada Risharlison jamoasining hujumini gol bilan yakunladi. 73-daqiqada Vinisius Juniorning uzatmasidan keyin Risharlison dublni nishonladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Braziliya uch ochko qo‘lga kiritgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Shveysariya terma jamoasi Kamerunni mag‘lub etgandi (1:0).

Keyingi turda Braziliya va Shveysariya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Serbiya esa Kamerunga qarshi o‘ynaydi.

JCH—2022

1-tur bahsi

24-noyabr, payshanba

Braziliya — Seriya 2:0

Gollar: 1:0 – 62 Risharlison, 2:0 – 73 Risharlison.

Braziliya: Alisson, Danilo, Tiago Silva, Markinyos, Aleks Sandro, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 75), Neymar (Antoni, 80), Risharlison (Gabriel Jezus, 79), Rafinya (Martinelli, 87), Vinisius Junior (Rodrigo, 76).

Serbiya: Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Vlahovich, 66), Gudel (Ilich, 57), Milinkovich-Savich, Lukich (Lazovich, 66), Jivkovich (Radonich, 57), Tadich, Mitrovich (Maksimovich, 83).

Ogohlantirishlar: Pavlovich (7), Gudel (49), Lukich (64).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...
Mahalliy
Nukusdagi tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalar 50 nafargacha bola olishi mumkin bo‘ladi