Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Titanik” filmining suratga olish maydonchasidagi birinchi uchrashuvidan 25 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, ammo bu ikki do‘st hali ham bir-biriga bo‘lgan iliq munosabatlarini saqlab qolgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ilk bor 1996-yilda Jeyms Kemeronning “Titanik” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Ular kinodagi eng ajoyib juftliklardan birini o‘ynab, hayotda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlab, yillar davomida suratga olish maydonchasida tug‘ilgan do‘stlikni hozirgacha asrab kelishdi.

1998-yilda bergan intervyusida Uinsletdan Di Kaprio uning hamkasbi bo‘lish qanday bo‘lishini so‘rashadi. O‘shanda ham Leo Gollivudning kelishgan aktyorlaridan biri hisoblanardi. “Ha, juda g‘alati bo‘lgan. Shu sababli ishlash qiyin bo‘lsa kerak, men ham uning muxlislaridan biriman-ku, deb o‘ylagandim”, — deydi Uinslet ochiqchasiga. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, hammasi yaxshi bo‘lgan — Keyt ham, Leo ham tezda til topishadi, bir-birlarini juda yaxshi tushunib, doimo hazillashishardi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Jamoadagi iliq va do‘stona muhitga qaramay, “Titanik”ning suratga olinishi butun ishchi guruh uchun ajoyib sinov bo‘ldi: ba’zan chidab bo‘lmas sharoitlardagi yetti oylik mashaqqatli ish yosh aktyorlarning kuchini sinab ko‘rgandi go‘yo. Ular sinovdan o‘tishdi, bu qiyinchiliklar esa do‘stlikni yanada mustahkamladi.

“O‘rtamizda juda kuchli rishtalar bor, barcha do‘stlarim menga havas qiladi. Boshqalar uchun u mashhur aktyor bo‘lsa-da, men uchun u shunchaki qadrdonim tentak Leo”, — deb tushuntiradi Uinslet aktyorlar o‘rtasidagi romantik munosabatlar haqidagi savolga javob berib. “Biz qismlari bir-birining ishini qo‘llab-quvvatlaydigan bir butun mexanizmga o‘xshaymiz”, — deydi Leo ularning munosabatlari haqidagi Keytning so‘zlariga qo‘shimcha qilgan holda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

1998-yilda “Titanik” “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga nomzod bo‘lgan. Sinflararo sevgi haqidagi film premyerasidan bir yil o‘tib, Uinslet va Di Kaprio haqiqiy yulduzlarga aylandi. Endi ular “A” toifasidagi mashhur shaxslar bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab paparatssi va jurnalistlarning e’tibori Leo va Keyt juftligiga qaratildi. Albatta, har qanday film misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishganida, butun dunyo aktyorlarning romantikasi haqida gapira boshlaydi. Muxlislar nazarida filmlardagi romantika hayotdagi romantikani ham anglatadi. Ayniqsa, ularning qizil gilamdagi birgalikdagi chiqishlari go‘yoki buning isboti edi. Biroq Di Kaprio va Uinsletning “Oltin globus”da paydo bo‘lishi hammasini o‘z o‘rniga qo‘ydi — Leo jurnalistlarga Keyt bilan u qadrdon do‘stlar ekanliklarini uqtirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Taniqli juftlik 2008 yilda, Keytning o‘sha paytdagi eri Sem Mendes ikkalasini “O‘zgarish yo‘li” dramatik filmida bosh rollarni o‘ynashga taklif qilganida yana birgalikda rol o‘ynashdi. Uinslet va Di Kaprio yana murakkab taqdirga ega sevishganlar rolini o‘ynashi kerak edi. “Birga ishlashni yaxshi ko‘ramiz. Biz uchun bu tabiiy hol. Men uni yaxshi ko‘raman, u mening eng yaqin do‘stim”, — deydi Di Kaprio uzoq yillik hamkasbi haqida.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Albatta, bunday aktyorlarning rol ijro etishi film muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ularning afishalardagi ismlari kinoteatrlardagi navbatlarni va mo‘maygina daromadni, shu jumladan mukofotlar ketma-ketligini kafolatlaydi. Buning ustiga “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan ikkala aktyor ham birga ishlashni yaxshi ko‘rishlarini tan olib tursa.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ikkalasi ham “O‘zgarish yo‘li” filmidagi ijrosi uchun “Oltin globus” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Mukofot topshirish marosimida Keyt do‘stiga bo‘lgan munosabatini tan olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi:

Leo, men shu yerda turib, seni qanchalik yaxshi ko‘rishimni ayta olganimdan juda xursandman. Men seni chin dildan sevaman.
Di Kaprio esa zaldan turib o‘zining sevimli do‘stiga havodan o‘pich yuboradi, aftidan, Keyt kabi u ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a ushlab turardi.

2012-yilda Keyt Uinslet millioner Ned Roknrollga yashirincha turmushga chiqadi. Marosim shu qadar yashirin ediki, hatto yangi turmush qurganlarning ota-onalari ham to‘yga taklif qilinmaydi, lekin Keytning qadrdon do‘sti Leo shu yerda edi, u 37 yoshli Uinsletni mehrobga o‘zi olib boradi.

88-Oskar mukofotini topshirish marosimida ular yana birga paydo bo‘lishdi – Uinslet “Stiv Jobs” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi, Di Kaprio esa “Hayot-mamot” filmi uchun eng yaxshi aktyor sifatida mukofot olishga hozirlik ko‘rayotgan edi. Ular qizil gilamda birga suratga tushishdi va jurnalistlarga yana bir-birlari haqida gapirib berishdi. “Leo — mening eng yaqin do‘stim, uning g‘alaba qozonishini xohlayman, uni doim qo‘llab-quvvatlayman” degan Keyt. Di Kaprio nihoyat orzu qilgan “Oskar”ini qo‘lga kiritib, minnatdorlik so‘zi bilan sahnaga chiqqanida, Uinsletning xursandchilikdan yig‘layotgani videokameralarga muhrlanadi. Dunyo darhol uning reaksiyasini eng samimiy deb baholaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Leoning g‘alabasi ikkisining ham g‘alabasi bo‘ldi: Uinslet g‘alabaning har bir daqiqasini u bilan baham ko‘rdi. Axir, do‘stlar bir-birini har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlaydi — sovuq va shafqatsiz okeanga o‘xshagan hovuzdagi ko‘p soatlik suratga olish ishlarida ham, “Oskar”dagi g‘alaba nutqida ham.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mavzuga doirKeyt Uinslet 22 yoshida “Titanik”dagi 17 yoshli Rouzni gavdalantirgan. Aktrisaning o‘zi qahramonining yoshida qanday ko‘rinishda edi? (foto)

Gollivud yulduzi Keyt Uinslet 47 yoshda: aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov