Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma beruvchi o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi 7-noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: UEFA

Foto: UEFA

Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni olgan jamoalar va Yevropa Ligasi guruh bosqichida 2-pog‘onani egallagan jamoalar o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadi. O‘tish o‘yinlari juftliklari quyidagi ko‘rinishni oldi:

  • “Barselona” (Ispaniya) — “Manchester Yunayted” (Angliya)
  • “Yuventus” (Italiya) — “Nant” (Fransiya)
  • “Sporting” (Portugaliya) — “Midtyulland” (Daniya)
  • “Shaxtyor” (Ukraina) — “Renn” (Fransiya)
  • “Ayaks” (Niderlandiya) — “Union” (Germaniya)
  • “Bayer” (Germaniya) — “Monako” (Fransiya)
  • “Sevilya” (Ispaniya) — “PSV” (Niderlandiya)
  • “Zalsburg” (Avstriya) — “Roma” (Italiya)
O‘tish o‘yinlarining dastlabki bahslari 16-fevral sanasiga mo‘ljallangan. Javob bahslari esa 23-fevralda o‘tkaziladi.

Mazkur juftliklarda g‘olib bo‘lgan jamoalar va Yevropa Ligasi guruh bosqichi g‘oliblari 1/8 final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Yevropa Ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar: “Arsenal” (Angliya), “Fenerbahche” (Turkiya), “Betis”, “Real Sosyedad” (ikkisi Ispaniya), “Yunion” (Belgiya), “Feyenoord” (Niderlandiya), “Frayburg” (Germaniya),“Ferensvarosh” (Vengriya).

1/8 final o‘yinlariga 24-fevralda qur’a tashlanadi.

Mavzuga doir: “PSJ” — “Bavariya”, “Real” esa “Liverpul”ga qarshi. Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi