Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uzbekistan Airports’ning 2022-yilning 9 oyidagi umumiy daromadi 882,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uzbekistan Airports o‘tgan yili O‘zbekistondagi barcha aeroportlar boshqaruvchisi bo‘lgan edi.

Kompaniyaning sof foydasi yanvar—sentabr oylarida 316,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida foyda atigi 101 mln so‘m bo‘lgan edi.

Foydaning keskin o‘sishi O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning kompaniya tasarrufiga o‘tkazilgani bilan izohlanadi.

Uzbekistan Airports yil boshidan beri 5,2 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Avvalroq O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ro‘yxatda Uzbekistan Airports va kompaniya tarkibidagi 11 ta xalqaro aeroport ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)