Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sochida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Vladimir Putin, Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Sammit chog‘ida Putin dastlab Pashinyan bilan, so‘ng Aliyev bilan uchrashdi, undan keyin esa uch tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Yakunda tomonlar qo‘shma bayonotlar qabul qildi.

Bayonotda aytilishicha, Armaniston va Ozarbayjon kuch ishlatishdan va uni ishlatish haqidagi tahdidlardan tiyilish majburiyatini oladi, Rossiya esa yarashuv bitimini imzolashga tayyorlanishda yordam berishni va’da qildi.

Shuningdek, uchala tomon ham 2020-yil kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi janglardan keyin tuzilgan kelishuvlarga rioya qilish tarafdori ekanini tasdiqladi hamda barcha masalalarni BMT ustavi va 1991-yilgi Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq muhokama qilishga kelishib oldi.

Olmaota deklaratsiyasi — MDH maqsadlari va tamoyillari haqidagi, Belovej bitimlari natijalarini va SSSR mavjud bo‘lishdan to‘xtatganini tasdiqlagan deklaratsiya.

Sentabr o‘rtalarida Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi nizo yana bir marta keskinlashdi. Armaniston Ozarbayjonni o‘z hududini o‘qqa tutishda aybladi, Boku esa bu “provokatsiya”ga javob bo‘lganini aytdi. Yerevan 200 dan ortiq odam halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi, Ozarbayjon tomoni esa 80 nafar harbiysini yo‘qotgani xabar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov