Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Chery brendi avtomobillarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning kirish qismidan keyin, O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan modellar taqdim etildi, so‘ngra barcha xohlovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Ishtirokchilarning e’tiboriga uchta model taqdim etildi - Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max, ularning ishlab chiqarilishi Jizzax viloyatida joylashgan ADM-Jizzax zavodida tashkil etilgan. Loyihani mahalliy Roodell kompaniyasi amalga oshiradi.

Chery Automobile Co 1997-yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya avtomobillarni 80 dan ortiq mamlakat va mintaqaga eksport qiladi, Xitoydan tashqarida 10 ta zavod, 1500 dan ortiq chet el dilerlik markazlari va xizmat ko‘rsatish markazlariga ega. So‘nggi 18 yildan buyon Chery yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda

E’tiborli jihati, ADM Jizzax zavodida yig‘iladigan Chery 8 Pro Max avtomobili uchun 7 yil yoki 200 000 kilometr kafolat beriladi. Bu O‘zbekiston bozori uchun eng katta kafolat muddati hisoblanadi. Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 7 Pro avtomobillari uchun kafolat muddati 5 yil yoki 150 000 kilometrni tashkil etadi.

Chery avtomobillari o‘zbekistonlik xaridorlar uchun quyidagi narxlarda taklif etilmoqda:

Tiggo 7 Pro

Kafolat muddati 5 yil yoki 150 000 km

- Luxury 299 900 000

- Premium 331 900 000

Tiggo 8 Pro

Kafolat muddati 5 yil yoki 150 000 km

- Comfort 356 900 000

- Luxury 396 900 000

Tiggo 8 Pro Max

Kafolat muddati 7 yil yoki 200 000 km

- Premium 466 900 000

Chery avtomobillari quyidagi savdo markazlarida taqdim etiladi:

  • Chery Tiggo 7 Pro — Samarqand Darvoza;
  • Chery Tiggo 8 Pro — Samarqand Darvoza;
  • Chery Tiggo 8 Pro Max — Compass Mall.
Chery avtosaloni har kuni soat 09:00 dan 19:00 ga qadar ishlaydi. Bepul test-drayvga yozilish uchun +998 71 276 55 55 raqamga qo‘ng‘iroq qilish yoki Telegram-bot orqali yozish taklif etiladi.

Avtomobillarga oid yanada batafsil ma’lumotlar bilan Chery’ning rasmiy sayti  orqali tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi