Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Tojikiston va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga don yetkazib berishni sezilarli darajada kengaytirmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda Rossiya don eksportchilari ittifoqi rahbari Eduard Zernin Kaspiy va Markaziy Osiyo don forumida aytib o‘tdi

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekiston va Tojikistonga yetkazib berilayotgan donning 90 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelishi va yaqin yillarda mintaqa mamlakatlarida tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab oshib borishi ma’lum bo‘lgan.

Ammo endi Qozog‘iston bu borada Rossiya bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa, birinchi navbatda, infratuzilmani zudlik bilan modernizatsiya qilish zarur. 

Hozirgi vaqtda temir yo‘l tarmog‘i Xitoydan Yevropaga tovarlar yetkazib berish hajmining o‘sishi tufayli keskin ortgan yukni ko‘tara olmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)