Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov agrosanoat sohasidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi videoselektor yig‘ilishi chog‘ida mamlakatda paxta terimining sustligidan noroziligini bildirdi. Bu haqda Central Asia xabar berdi.

Foto: Arzuw News

Foto: Arzuw News

Jumladan, nashr qayd etishicha, Berdimuhamedov Axal, Toshhovuz, Lebap va Mari viloyatlarining bir qator etraplarida (tumanlarida) “oq oltin” yig‘ish sur’ati pastligidan norozi bo‘lib, bu viloyatlar rahbarlari oldiga paxta terimini tezlashtirish talabini qo‘ydi.

Turkmaniston rahbari xalq xo‘jaligi uchun qimmatli xomashyo bo‘lgan paxta hosilini nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olish bo‘yicha zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi texnikalari, paxta qabul qilish punktlari, paxta tozalash korxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, fermerlarning samarali mehnat qilishi uchun shart-sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega, — deya Berdimuhamedovning so‘zlarini keltiradi nashr.
Shuningdek, prezident Mari viloyati hokimi o‘rinbosari Agadjan Bekmirodovni “ishdagi jiddiy kamchiliklari uchun” ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Turkmanistonda paxta yig‘im-terim kampaniyasi sentabr oyining birinchi o‘n kunligida boshlangan, bu yil 1 million 200 ming tonna “oq oltin” yig‘ish rejalashtirilgan.

2022-yilda paxta uchun 580 ming gektar maydon ajratilgan, bu o‘tgan yillarga nisbatan 40 ming gektarga kam. Bo‘shatilgan maydonlar kartoshka va boshqa sabzavot ekinlari uchun ajratilgan.

Shu bilan birga, paxta terimiga davlat buyurtmasi 2021-yildagi darajada saqlanib qoldi — o‘tgan yili 1,25 million tonna edi. Mahsuldorlikni oshirish hisobiga bu rejaga erishish kutilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi