Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston ichida 2022-yilning uchinchi choragida yuk tashishga bo‘lgan talab ikki barobarga, mamlakat tashqarisiga tashishga bo‘lgan talab esa 1,5 barobarga o‘sdi. Bu haqda “Daryo”ga “ATI.SU” xalqaro yuk tashishi birjasi xabar bermoqda.  

Foto: “ATI.SU”

Foto: “ATI.SU”

Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston yuk tashuvchilari va yuk jo‘natuvchilari “ATI.SU” xalqaro yuk tashish birjasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Bu MDH dagi tovarlarni yetkazib berish uchun buyurtmalarni joylashtirish bo‘yicha eng yirik onlayn platformalardan biri hisoblanadi. 

O‘zbek biznesidan avtomobil transportida yuklarni tashishga talab ortib borayotgani fonida kompaniya Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi.

“ATI.SU” xalqaro yuk birjasi onlayn-xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston avtomobil transportida yuk tashish bozori jadal rivojlanmoqda. 

2022-yilning uchinchi choragida birja o‘tgan yilning shu davriga nisbatan quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etdi:

  • O‘zbekiston ichida yuk tashish uchun murojaatlar soni ikki baravar ko‘paydi;
  • eksport yo‘nalishlari bo‘yicha yuk tashish uchun arizalar soni 145% ga o‘sdi;  
  • O‘zbekistondan Rossiyaga yuk tashish uchun bo‘lgan talab 2,6 barobar oshdi. 

Shuningdek, Armaniston, Moldova, Qirg‘iziston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Qozog‘istonga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha arizalar sonining ko‘payishi qayd etildi.

Boshqa davlatlardan O‘zbekistonga yuk tashishga bo‘lgan talab 49 foizga oshdi. 

Murojaatlarning aksariyati Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Polsha, Germaniya, Xitoy va Turkiyadan tovarlarni yetkazib berish bo‘lmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston kompaniyalari global omillar ta‘sirida jarayonlarni qayta qurish zaruratiga duch kelgan. 

Masalan, Rossiya va Belorusdan yuk mashinalarining Yevropa Ittifoqiga kirishiga qo‘yilgan taqiq buyurtmachilarni Yevropaga reyslarni amalga oshirish uchun yangi hamkorlar izlashga majbur qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi