So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    “To‘ydan keyin 5 yil go‘sht yemasak-da, ayolim biror marta buni yuzimga solmagan”. Elmurod Haqnazarov pulga bo‘lgan mehrini qanday so‘ndirgani haqida (video)

    18.10.2022, 18:48 20896

    “Dizayn” jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarov “Daryo” nashrining YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida tomoshabinlar beldan past mavzudagi kulgiga moyil ekanligi va pulga bo‘lgan mehrini so‘ndirgani haqida so‘zlab berdi.

    — Bozorga tushgan insonda cho‘ntagi ko‘tarishiga qarab, arzon yoki qimmat narsani xarid qilish imkoniyati bor. Hozir qiziqchilikni tanlaydigan jamoalarga ham xuddi shu imkoniyat berilgan. Ular ijodni boshlashdan avval YouTube tarmog‘iga kirib, qiziqchilarning chiqishlarini kuzatyapti. Odamlar qanday mavzudagi hazillarga qiziqishlarini o‘rganyapti. Yaqinda Farg‘onada yangi kulgi jamoasini tuzishibdi. “Iltimos, chiqishimizni ko‘rib bering”, deb iltimos qilishdi. Ishoning, ularning chiqishi faqat beldan past mavzudagi hazillardan iborat. “Bu nima chiqish?” deb koyib berdim. “Aka, ana jamoalar ham shunday hazillarni olib chiqishyapti-ku”, dedi. To‘g‘ri, jamoalarda ochiq hazillar ko‘p. Buni inkor etmayman. Ammo bittta konsertda kamida 4-5 marta ishlatishadi, xolos.

    Foto: Instagram / @elmurodhaqnazarov

    Foto: Instagram / @elmurodhaqnazarov

    Gapimni noto‘g‘ri tushunishmasin, o‘z fikrimni aytaman. Jamoalarning konsertiga tushishsa, odamlar aynan beldan past hazillarga odamlar miriqib kulishadi. Bu ochiq haqiqat. Bu gapim bilan ochiq kulgini targ‘ib qilish niyatim yo‘q. Sekin-asta yaxshi kulgi qadrlanib boryapti. Yashirmayman, ijodni boshlagan kezlarim men ham ochiq hazillardan foydalanganman. Ammo ijromda unchalik o‘xshamagan. Shuning uchun ochiq hazillardan umuman foydalanmayman, deb ahd qilganman. Hozir ham “Dizayn”dagi yakka chiqishlarimda bunday hazillardan foydalanmayman, — deydi Elmurod Haqnazarov.

    Elmurod Haqnazarov suhbat davomida pulga bo‘lgan mehrining so‘nishi, odamlar undan katta miqdorda qarz ekanligi va ertangi kunidan qayg‘urmasligi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @elmurodhaqnazarov

    Foto: Instagram / @elmurodhaqnazarov

    — Uylanganimdan keyin ancha qiynalganman. Ishlardim, ammo oyligim birinchi oydan ikkinchisiga yetmasdi. Ayolimning o‘ziga aytmasam ham, hamisha undan minnatdorman. Chunki to‘ydan keyin 5 yil go‘sht yemasligimizga to‘g‘ri kelgan. Ammo biror marta buni yuzimga solmagan. Bir kuni uyda siqilib o‘tirsam, dadam buning sababini so‘radi. Unga moddiy jihatdan qiynalayotganimni aytdim. “Hamma muammoyingning sababi pulmi? Sen unga bo‘lgan mehringni so‘ndir, shunchalik qiynalmaysan”, dedi. Mana shu gapidan keyin pulga mehr qo‘ymaslikka o‘rgandim. To‘g‘ri, bu oson bo‘lgani yo‘q, ammo pulga mehrsiz yashash zavqliroq ekan. Ertangi kunimni o‘ylamayman, u-bu kim pul so‘rasa ham, benzinga pul olib, qolganini berib yuboraman. Reklama bo‘yicha ko‘pchilik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilaman. Ular orasida ancha vaqtdan beri kelishuv pulini bermaganlari juda ko‘p. Agar hammasini yig‘sam, bitta mashinaning puli to‘plansa kerak. Ammo ularning pulni bermayotgani meni xavotirga solmaydi. Chunki haqqim birovga o‘tib ketmasligini yaxshi bilaman, — deydi “Dizayn” jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarov.

    Mavzuga doir:

    • “Hozir kimning ishi yurishmasa, qo‘shiq aytyapti”. Elmurod Haqnazarov o‘zini Otabek Muhammadzohidning shogirdi qilib ko‘rsatgani hamda to‘ylarda burni singani haqida (video)
    • “Pul topish uchun yuzimni berkitib, ko‘cha supurganman”. Elmurod Haqnazarov bolaligidagi achchiq xotiralar hamda futbolchi bo‘lish orzusi armon bo‘lgani haqida (video)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘onistonda 12 yashar qiz ov miltig‘ida otib o‘ldirildi

    Bugun, 23:25

    Xanchjou—2022. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Gongkongni mag‘lub etdi, stol tennisida esa imkoniyat boy berildi

    Bugun, 23:24

    Qirg‘izistonda transport bekatlari internet va konditsioner bilan jihozlanadi

    Bugun, 23:10

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    Bugun, 22:50

    Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib berishdan tushgan daromadni oshirdi

    Bugun, 22:36

    “Falastinliklar Arab-Isroil kelishuvlariga veto qo‘ymasligi kerak” — Netanyaxu

    Bugun, 22:22

    Rossiya mudofaa xarajatlarini mislsiz darajada oshirmoqchi: Bloomberg summani ochiqladi

    Bugun, 21:16

    Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshilari aniqlandi

    Bugun, 21:14

    Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirishga kelishildi

    Bugun, 20:50

    Superliga. “Qizilqum” safarda “Surxon” ustidan g‘alaba qozondi

    Bugun, 20:26

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?