• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Yengiltak qiz rolini ijro etishni istamayman, chunki uni otam va aka-ukam ko‘radi”. Klip va seriallarda rollari bilan tanilayotgan Gulruh Pirnazarova bilan suhbat

    Gulruh Pirnazarova boshlovchi, teatr, kino va dublyaj aktrisasi sifatida o‘zini kashf etishga intilayotgan yosh iste’dod sohibalaridan biri. U serial va filmlarda suratga tushish bilan birga O‘zbek davlat drama teatrida ham faoliyat yuritadi. Keyingi paytlarda esa uning o‘qigan she’rlari ham ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishmoqda. “Daryo” muxbiri yosh aktrisa bilan suhbatda bo‘lib, uning ijodi haqidagi ko‘plab savollarga javob oldi.

    “Tanlov sabab san’atga mehr qo‘yganman”

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    — Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilib, o‘sha yerda maktabda o‘qib katta bo‘lganman. Yettinchi sinfda o‘qiyotganimda “Bahor malikasi” nomli tanlov o‘tkazilishi haqida aytishgan. Tanlov shartiga ko‘ra, unda qizlar qatnashib, g‘olib bo‘lgan ishtirokchi “Bahor malikasi” nomini qo‘lga kiritadi, deyishgan. O‘shanda men ham sinfimiz nomidan qatnashganman va matematika, pazandachilik, kasb-hunar, adabiyot va sahna ko‘rinishi kabi shartlarni bajarganman. Afsuski, ko‘p shartlardan past baho olganman. Lekin sahna ko‘rinishi sharti kelganida, o‘zim rejissorlik qilib, sinfdoshlarim bilan rol ijro qilganmiz. O‘sha sahna ko‘rinishimiz eng yuqori ball olib, qolgan baholarimning o‘rnini to‘ldirib, birinchilikni qo‘lga kiritganman. Shu voqeadan keyin san’atga bo‘lgan mehrim kuchaygan. Menda “Bu ishni uddaladim, demak iste’dodli insonman”, degan ichki intilish paydo bo‘lgan. Birinchi bo‘lib onamga aktrisa bo‘lish niyatim borligini aytganman.

    “Dadam aktrisa bo‘lishimni istamagandi”

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    — Albatta, aktrisa bo‘laman, degan xohishim oila a’zolarimga, ayniqsa, dadamga umuman yoqmagan. Jiddiy qarshiliklar bo‘lgan. Dadam aktrisa emas, boshlovchi bo‘lishimni istardi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat oliygohiga budjet asosida qabul qilinganimdan so‘ng shu yo‘nalishda o‘qishimga qarshi bo‘lishmagan. Institutda o‘qiyotgan kezlarimda “Dadamning orzusini ushaltirishim kerak”, deb ko‘p xayoldan o‘tkazardim. Odam nima haqida ko‘p o‘ylasa, hayotida o‘sha narsa sodir bo‘ladi, deb bejiz aytishmas ekan. “Hindi Show”dan taklif tushganda quvonib ketganman. Chunki bu ko‘rsatuvda nafaqat boshlovchi, balki aktrisa va raqqosa sifatida ham ishtirok etish mumkin. Bundan tashqari, ko‘rsatuvda erkinlik va rang-baranglik bor. Kelasi ko‘rsatuv qanday tartibda suratga olinishini oldindan bilmas edik.

    “Teatrda Julyettaga aylandim”

    Foto: Gulruh Pirnazarovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Gulruh Pirnazarovaning shaxsiy arxividan

    — Institutni tamomlab, O‘zbekiston davlat drama teatriga ishga kirganman. Hayotimdagi unutilmas rollardan biri  Julyetta obrazini teatr sahnasida ijro etdim. Buning uchun ustozim Olimjon Salimovdan minnatdorman. Ana shu inson sabab men Julyetta rolini ijro etoldim. U inson biz yoshlarga katta maktab vazifasini o‘taydi.Atrof muhit juda katta o‘rin tutadi. Men hali yosh ijodkorman, ko‘proq tajribali insonlar bilan ishlashni xohlayman. Chunki ulardan bilim, mahorat o‘rganaman. Ijodiy jamoaning rol o‘ynashingizda ham ta’siri katta bo‘ladi. Teatrdan ayro ijod qilishni istamayman. Chunki u tinimsiz aylanib turadigan charxpalakka o‘xshaydi. Unda ishlagan ijodkor hamisha charxlanib boraveradi.

    “Ilk rolim uchun tanbeh eshitganman”

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    — Ilk rolimni Bekzod Haqqiyevning “Nega seni sevdim” nomli klipida ijro etganman. U paytda talaba edim. Shuning uchun ham kamera qarshisida hayajonlanganman. Syomka Jizzaxda bo‘lgani va rolim massovka bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham qiynalganman. Klip chiqqanidan keyin xursand bo‘lib ustozim Zamira Ahmedovaga ko‘rsatganimda “Hali kamera bilan ishlashga tayyor emassan. Bu nimasi?” deb koyib bergandi. Ustozim qattiqqo‘l va talabchan inson. O‘sha vaqtda undan biroz ranjigandim, ammo vaqt o‘tib, klipni ko‘rib bu gaplar to‘g‘ri ekanligiga takror va takror amin bo‘laman.

    “Kitob yozishni istayman…”

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    — Aktrisalikdan avval menda kitobga bo‘lgan mehr uyg‘ongan. Bolalikdan kitob o‘qishni yaxshi ko‘rardim. Hatto 13 yoshimda o‘zim ham hayotiy roman yozaman, deb niyat qilganman. Nasib qilsa, ilk kitobimni 30 yoshimda yakunlash va chop ettirish niyatim bor. Dramaturgiyaga ham qiziqaman, kelajakda nafaqat filmlarda suratga tushish, ularning ssenariysini yozishni ham istayman.

    “Yengiltak qiz rolini ijro etishni istamayman”

    Foto: Gulruh Pirnazarovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Gulruh Pirnazarovaning shaxsiy arxividan

    — Yengiltak qizlarning rolini o‘ynashni istamayman. Nasib qilsa, karyeramda bunday rollar umuman bo‘lmaydi. Bundan tashqari, diniy va milliy qadriyatlarimizga qarshi bo‘ladigan rollarni taklif etishsa ham, umuman rozi bo‘lmayman. Ikki yil avval tanish rejissorlardan biri “Sizga zo‘r rol bor? Keling, gaplashib olamiz”, dedi. Xullas u rolni tushuntirib berayotganda “Taxmina roli haqida gapirmayapsizmi?”, deganman. Chunki “Daydi qizning daftari” asarini 8-sinfda o‘qigandim. Asar juda yaxshi yozilgan, bir insonning tarbiyalanishi hayotiy voqealar bilan ochib berilgan. Ammo bu rolni ijro etishni istamasdim. Chunki uni otam, aka-ukam va yaqinlarim ko‘rishi mumkin, deb uni rad etganman. Har bir aktrisaning o‘z cheklovi bo‘ladi. Men ana shunday rollardan nari yurishga harakat qilaman. Ba’zan shunday rollarga taklif etishsa “Nahotki, meni shunday rolda ko‘roldingiz” deb rejissorlardan ranjigan paytlarim ham bo‘lgan.

    “Kastingdan o‘tolmadim…”

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    — “Muhabbat bahori” filmida Zulfiya rolini ijro etishni juda istaganman. Chunki bolalikdan she’r o‘qishni yaxshi ko‘raman. Afsuski, ko‘rinishim sabab bu rolni o‘ynash nasib etmadi. Rosti, kastingdan o‘tmaganimni eshitib, biroz xafa bo‘lib qolgandim. Ammo niyatim xolis ekan, dublyajdagi ustozim Komil Tursunboyev meni Zulfiyaxonim roliga ovoz berishga taklif etdi. Xullas, rolni boshqa aktrisa ijro etgan bo‘lsa ham unga ovoz berganimdan va she’rlarini kadr ortida bo‘lsa-da o‘qiganimdan xursandman.

    “Sakkiz farzandim bo‘lishini orzu qilaman”

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    Foto: Instagram / @gulruhpirnazarova

    — Yaqin kelajakda mehr-muhabbatga to‘la, ko‘p farzandli oila bekasi bo‘lishni orzu qilaman. Kamida sakkizta farzandim bo‘lishini istayman. Eng muhimi, turmush o‘rtog‘im Allohni taniydigan, ibodatli inson bo‘lsa bo‘ldi, qolgan kamchiliklarini esa to‘g‘irlasa bo‘ladi.

    Eslatib o‘tamiz, Gulruh Pirnazarova 1995-yilning 10-oktabrida dunyoga kelgan. U oilada uch farzandning o‘rtanchasi bo‘lib, akasi va ukasi bor. U Ozod Shamsning “Voy-dod” filmi va “Iztirob” seriallarida suratga tushgan.

    Mavzuga doir:

    • “Qodirxon” seriali aktyori Davron Asqarov san’atkorning qiziga uylanayotgani, bo‘lajak rafiqasi hamda partnyorlari bilan mish-mishlar haqida (video)
    • “Badavlat insonning qizi yoki o‘ynashi emasman”. “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya — Barchin G‘ofurova bilan intervyu
    • “Daydi qiz”dagi Taxmina – Fotima Berdiyeva kinoda boshqa suratga tushmasligi va chet ellik yigitga turmushga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi
    • Muhammadali Aliyev rafiqasining qistovi bilan aktyor bo‘lgani hamda onasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kela olmayotgani haqida
    • “Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto)

    18.10.2022, 16:43   Izoh (0)   34716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qalbingizni junbishga keltiradigan 10 ta ta’sirli multfilm (video)

    18.10.2022, 14:42

    “Garri Potter” filmi yulduzlari Hagrid — Robbi Koltreyn vafoti haqidagi xabarni qanday qarshi oldi?

    18.10.2022, 11:54

    Iste’dodli va yosh: suratga tushgan so‘nggi filmlarini ko‘rish nasib etmagan aktyorlar

    18.10.2022, 09:56

    Natijadan hayratda qolasiz: zamonamizning eng go‘zal ayollari reytingi (foto)

    17.10.2022, 20:59

    Mashhurlar ajrimi: Gollivudning yulduzli juftliklari oilasi buzilishiga sabab bo‘lgan holatlar haqida gapirdi

    17.10.2022, 16:57

    Amerikalik xonanda Sherning qiymati 85 million dollarga teng hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi (foto)

    17.10.2022, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11

    “Hech kim men nima qilishimni bilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 iyun, 13:09

    “AQSH qurollari Eron yerosti yadroviy obyektlarini yo‘q qila olmaydi” — amerikalik ekspert

    Dunyo | 19 iyun, 12:59

    Magnum supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etmoqda

    O‘zbekiston | 19 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Futbol mantiqlariga qarshi chiqqan Krishtianu Ronaldu

    Sport | 19 iyun, 12:44

    Marketing hiylasi: nega non bilan sut doim do‘konning eng chekka burchagida joylashgan bo‘ladi?

    Layfstayl | 19 iyun, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.