Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uzbekistan Airports xalqaro va ichki parvozlarni kuzatish uchun Telegram bot ishga tushirgan edi. Endi esa Telegram’dagi @UzairportsBot boti Fast Track xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airports

Foto: Uzbekistan Airports

Fast Track xizmati Toshkent xalqaro aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilar uchun xizmat turidir. Bu xizmat yordamida yo‘lovchilar reysga ro‘yxatdan, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tishlari mumkin.

Telegram bot orqali xizmatni xarid qilish uchun Toshkent xalqaro aeroportini, so‘ng jo‘nab ketish terminalini va kerakli reysni tanlash kerak. Keyin bot familiya va ismni lotin tilida kiritishni “so‘raydi”. Shundan so‘ng xizmat haqini Uzcard yoki Humo bank kartalari orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.

Fast Track xizmati uchun to‘lovni uchishdan oldin terminalning o‘zida milliy valyutada yoki Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar orqali amalga oshirish mumkin.

Yaqin kelajakda bot orqali Toshkent aeroporti xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish funksiyasini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi