Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 12-oktabr, chorshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

A guruhida “Napoli” “Ayaks”ni qabul qildi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Irvin Losano hisobni ochdi. 16-daqiqada esa Jakomo Raspadori neapolliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Ikkinchi bo‘limning boshida “Ayaks” futbolchisi Devy Klaassen hisobni qisqartirishga erishdi. 62-daqiqada Hvicha Kvarasxeliya penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi 4-golni urdi. 83-daqiqada esa amsterdamliklar a’zosi Steven Bergveyn o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 89-daqiqada Viktor Osimhen yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Neapolliklar ochkolarini 12 taga yetkazib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Ayaks” esa 3 ochko bilan 3-o‘rindan joy oldi.

B guruhida “Atletiko” “Bryugge” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Qayd etib o‘tish joiz, 82-daqiqada Kamal Sova qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va qolgan daqiqalarda Belgiya klubi bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

“Bryugge” ochkolari sonini 10 taga yetkazib, guruh peshqadami sifatida keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi. Madridliklar esa 4 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

YCHL

4-tur bahslari

12-oktabr, chorshanba

“Napoli” Italiya – “Ayaks” Niderlandiya 4:2

Gollar: 1:0 – 4 Losano, 2:0 – 16 Raspadori, 2:1 – 49 Klassen, 3:1 – 62 Kvarasxeliya (penalti), 3:2 – 83 Bergveyn (penalti), 4:2 – 89 Osimxen.

“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Jezus, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zelinski (Gaetano, 89), Zambo-Angissa (Ndombele, 49), Losano (Politano, 77), Kvarasxeliya (Elmaz, 77), Raspadori (Osimxen, 50).

“Ayaks”: Pasveer, Sanches (Bas, 65), Blind, Timber, Bassi, Klassen, Alvares, Taylor (Grillich, 65), Kudus (Brobbi, 65), Bergeys (Fransishku Konseysau, 84), Bergveyn (Okampos, 84).

Ogohlantirishlar: Taylor (27), Sanches (33), Alvares (52), Timber (61), Bassi (66), Bergveyn (76), Jezus (87), Osimxen (90), Politano (90+2).

“Atletiko” Ispaniya – “Bryugge” Belgiya 0:0

“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Reynildu, Saul (Mateus Kunya, 73), Koke (de Paul, 60), Kondogbia, Lemar (Morata, 60), Grizmann (Vitsel, 79), Korrea (Karrasko, 60).

“Bryugge”: Minyole, Odoi, Mexele, Silla, Vanaken, Nilsen, Nvadike, Byukenen (Mata, 84), Olsen (Meyer, 50), Soua, Jujla (Balanta, 73).

Ogohlantirishlar: Byukenen (44), Savich (45), Soua (45), Vanaken (46), Kondogbia (80), Minyole (90).

Chetlatish: Soua (82).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda