Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yil boshidan buyon O‘zbekistondagi soliq tushumlari hajmi tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Monitoring natijalariga ko‘ra, joriy yilning 1-yanvaridan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davrda mamlakatda soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,3 foizga oshgan.

Soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi Farg‘ona (39,5 foiz), Samarqand (35,4 foiz), Sirdaryo (33,2 foiz), Xorazm (32,7 foiz), Buxoro (32,2 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonda (33,4 foiz) va Toshkent shahrida (42,2 foiz) qayd etildi.

Umuman olganda, ko‘rib chiqilayotgan davrda soliq tushumlarining ko‘payishiga bir vaqtning o‘zida bir qator o‘sish omillari ta’sir ko‘rsatdi.

Foto: Review

Foto: Review

Elektron hisobvaraqlar tizimini, onlayn kassa tizimini joriy qilishni kengaytirish hisobiga, shuningdek aholiga xarid qiymatining 1 foizini keshbek sifatida qaytarib berish tartibining joriy qilinishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i (daromadning o‘sishi — 32 foiz) va aylanmadan olinadigan soliq (49 foiz) tushumlari o‘sdi.

Iqtisodiy faollikning ortishi natijasida rentabellik darajasining oshishi subyektlar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘ini 38 foizga oshirishiga sabab bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun sharoit qanday? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi