Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

5-oktabr kuni Vladimir Putin Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi qonunlarni imzoladi. Shuningdek, u Zaporojye AES obyektlarini “federal mulkka o‘tkazish” to‘g‘risida ko‘rsatma berdi va konstitutsiyaga “anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga qabul qilish” bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson viloyatida yana sakkizta aholi punkti ozod etilganini ma’lum qildi. Mintaqadagi okkupatsion hokimiyat vakillari Rossiya qo‘shinlari “kuch yig‘ish va zarba berish uchun qayta to‘planayotganini” aytdi. Rossiyada safarbarlikdan qochish bo‘yicha birinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Meduza urushning 224-kuniga oid asosiy fotosuratlarni jamladi.

Ozod etilgan Limandagi hayot

Liman yaqinidagi Drobishovo qishlog‘ida 75 yoshli Galina Zeykova vayron bo‘lgan binoga qaramoqda. Donetsk viloyatidagi ushbu shahar va uning atrofidagi qishloqlar Rossiya kuchlaridan ozod qilingani haqida 2-oktabr kuni ma’lum bo‘ldi. Rus qo‘shinlari Limanni 2022-yilning yozi boshida qo‘lga kiritgandi.

Foto: Anadolu

Limanda oziq-ovqat va dori uchun navbat.

Foto: AFP

Vayron qilingan maktabdagi xona.

Vayron qilingan maktabdagi xona.
Foto: Anadolu

Ukrainalik askar maktab vayronalari orasida.

Foto: AP Photo

Ukrainalik ko‘ngillilar vayron qilingan Rossiya harbiy texnikasi yonidan o‘tmoqda. 5-oktabr kuni The Wall Street Journal nashrida chiqqan maqolada aytilishicha, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlariga butun urush davomida G‘arb davlatlarining Ukrainaga yetkazib bergan qurollaridan ko‘ra ko‘proq og‘ir qurollar tashlab ketgan.

Foto: EPA

Ukraina politsiyasi xodimi yem zavodiga keltirib tashlangan ishdan chiqqan rus jangovar mashinalari yonidan o‘tmoqda.

Shahar yaqinidagi o‘rmonda yotgan rus askarining jasadi.

Shahar yaqinidagi o‘rmonda yotgan rus askarining jasadi.
Foto: Anadolu

Belaya Serkov shahriga berilgan Rossiya zarbalarining oqibatlari

Kiyev viloyatining Belaya Serkov shahri aholisi vakili rus kamikadze-dronlari tomonidan vayron qilingan bino yonida o‘tiribdi. Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, ruslar Eronning Shahed-136 dronlaridan foydalanmoqda.

Foto: Reuters

Belaya Serkvada vayronaga aylangan binoni devor tuynugidan tomosha qilayotgan kishi. Rossiya qo‘shinlari 5-oktabrga o‘tar kechasi shaharga dronlar bilan hujum qildi. Bir kishi yaralandi.

Ukraina qo‘shinlari Bahmutni mudofaaga tayyorlamoqda

Shahar markazidan o‘tuvchi Bahmutovka daryosi ustidagi vayron bo‘lgan ko‘prik. Rus qo‘shinlari Bahmutni egallashga anchadan beri urinmoqda va hozirgi vaqtda rus armiyasi faqat shu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Bahmut janubidagi Kodema qishlog‘i yaqinida Vagner yollanma jangchilari harakatlanayotgani ham ma’lum.

Shahar markazidagi tankka qarshi to‘siqlar.

Markaziy ko‘chalardan biri.

Markaziy ko‘chalardan biri.
Foto: Anadolu

Ukrainalik harbiylar shahar yaqinidagi pozitsiyasida.

Ukrainalik harbiylar shahar yaqinidagi pozitsiyasida.
Foto: Reuters

Ukraina qurolli kuchlarining janubiy frontdagi pozitsiyalari

35 yoshli ukrainalik askar Nikolayev viloyatidagi front chizig‘ida og‘ir pulemyotini sozlamoqda. Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, Rossiya armiyasi bu hududni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. So‘nggi zarbalar 4-oktabr kuni Bereznegovatoye qishlog‘iga berilgan, qurbonlar yo‘q.

Ukraina askari front chizig‘ida o‘z pozitsiyasini dushman ko‘zidan pana qilmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari askari pozitsiyasida patrullik qilmoqda.

Severskiy Donets daryosidan o‘tish

Yuriy Shapovalov (o‘rtada) qayig‘iga oziq-ovqat yuklamoqda. Har kuni u Xarkov viloyatining Stariy Saltov qishlog‘i aholisiga Severskiy Donetsidan o‘tishga yordam beradi. Daryo ustidagi ko‘prik janglar paytida vayron qilingan.

Yuriy Shapovalov yaralangan ukrainalik askarni Stariy Saltovdagi daryodan o‘tkazib qo‘ymoqda. Xarkovdan 45 kilometr sharqda joylashgan qishloq may oyi boshida ozod qilingan edi.

Stariy Saltov aholisi vakili daryoni qayiqda kesib o‘tish uchun navbatini kutib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi