Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Rossiya tarkibiga kiritilgan Zaporojye viloyati hududida joylashgan Zaporojye atom elektr stansiyasi obyektlarini RF federal mulkiga o‘tkazishni topshirdi. Tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy internet-portaliga joylandi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Shuningdek, Putin vazirlar mahkamasiga “Zaporojye AES” federal davlat unitar korxonasini yaratishni va uning obyektlari xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishni topshirdi.

Rossiya atom stansiyalari operatori “Rosenergoatom” konserni ma’lum qilishicha, ZAESga Balakov AES sobiq bosh muhandisi Oleg Romanenko rahbarlik qiladi.

Putinning farmonida aytilishicha, stansiya va uning ishchilariga berilgan litsenziya va ishlash uchun ruxsatnoma 2028-yil 1-yanvargacha amal qilishda davom etadi.

Zaporojye AES — belgilangan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik va kattaligi bo‘yicha dunyodagi uchinchi atom stansiyasi. U Zaporojye viloyatining Energodar shahri yaqinida, Dneprdagi Kaxovka suv ombori sohilida joylashgan. Stansiya oltita VVER-1000 energobloklaridan tashkil topgan bo‘lib, ulardan birinchisi 1984-yil dekabrida, oltinchisi esa 1995-yil oktabrida ishga tushirilgan.

Stansiya har yili 42 milliard kVT/s elektr energiyasini ishlab chiqaradi, bu Ukrainada ishlab chiqariladigan elektr energiyasining qariyb 21 foizi, atom stansiyalari ishlab chiqaradiganinning esa 50 foizi demakdir.

Zaporojye viloyatining janubiy va markaziy qismlari mart oyidan buyon Rossiya tomonidan nazorat qilinadi. Fevral oxirida Rossiya Mudofaa vazirligi ZAES joylashgan Energodar shahri nazorat ostiga olinganini ma’lum qilgandi. Shundan keyin mahalliy hukumat stansiya Ukraina tomonidan o‘qqa tutilganini ko‘p marta da’vo qilgan. Kiyev esa hujumlarda Rossiyani ayblagan.

23—27-sentabr kunlari Zaporojye viloyatida, LXR, DXR va Xerson viloyatlarida bo‘lgani kabi, Rossiya tarkibiga kirish haqida referendum bo‘lib o‘tdi. 30-sentabr kuni Kremlda hududlarning qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolash marosimi o‘tkazildi. 2-oktabr kuni ular, tartib bo‘yicha, Konstitutsiyaviy sud tomonidan ma’qullandi. 3 va 4-oktabr kunlari shartnomalarni hamda qo‘shilish haqidagi federal konstitutsiyaviy qonunlarni Davlat dumasi va Federatsiya kengashi qo‘llab-quvvatladi. 5-oktabr kuni esa prezident imzosi qo‘yilgan shartnomalarni Kreml e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi