Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning mashhur termal kurortidagi GB Thermae Hotels bosh shifokorining fikricha, bodom suti sigir sutining ajoyib muqobildir. Ayniqsa, laktozani yoqtirmaydiganlar yoki vegetarian parheziga rioya qiladiganlar uchun. U B12 vitaminining ekvivalent dozasini o‘z ichiga olishi bilan birga, boshqa ko‘plab xususiyatlarga ega, deb yozadi Elle.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Bodom suti antioksidant, kalsiy, rux, magniy, temir, fosfor va A vitaminiga boy. Bunday boy tarkib inson immunitetini rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega va bundan tashqari, teri va soch salomatligiga ijobiy hissa qo‘shadi. Bodom tarkibidagi tabiiy kletchatkalar ichaklarning to‘g‘ri ishlashiga, shikastlangan shilliq pardalarni tiklashga yordam beradi, ichak faoliyati va uning mikroflorasini yaxshilaydi.

Salomatlikni saqlash va immunitetni mustahkamlash uchun haftada ikki marta nonushta uchun bir stakan bodom sutini ichish kifoya.

Bodom suti retsepti

  • bodom — 200 gramm;
  • suv — 800 ml xona haroratida.
Tayyorlash usuli:
  1. Bodom idishga solinadi, yuzasi yopilguncha suv quyiladi va bir kechaga qoldiriladi.
  2. Ertasi kuni ertalab suvni shimib olgan bodom blenderga solinadi va taxminan bir stakan suv qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  3. So‘ngra filtrdan o‘tkazib, maxsus stakanga quyiladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Dunyo
Zelenskiy idorasi Ukrainadagi urush qanday tugashini prognoz qildi