Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina hududlarini Rossiya aktivlari hisobidan tiklash kerak. Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy shunday taklif bilan chiqdi, deb yozadi “Ekonomika segodnya”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ukrainani qayta tiklashda biznesning ishtiroki bo‘yicha Varshavada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi nutqida Moravetskiy Polsha Rossiyaning Yevropadagi mablag‘larini nafaqat muzlatish, balki musodara qilish va Kiyev foydasiga o‘tkazish tarafdori ekanini aytdi.

Shu bilan birga u birinchi navbatda, Polsha tadbirkorlari Ukrainaga yordam ko‘rsatishi kerakligini aytdi. Polshalik ishbilarmonlar Ukrainani “yangi Marshall rejasi asosida” tiklashi rejalashtirilmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Polshaning g‘oyalari Ukraina rahbariyati tomonidan yetarlicha tushunilmoqda.

Ma’lumot uchun 2022-yilning fevralidan beri G‘arbda jami 300 milliard dollarga yaqin Rossiya valyuta zaxiralari muzlatib qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda