Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Digital-operator respublikaning barcha hududlarida qo‘shimcha baza stansiyalarini (BS) ishga tushirish orqali texnologik tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Birgina sentabr oyida kompaniya 150 ga yaqin yangi kabinetlarni tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirdi. Ularning aksariyati 4G/LTE standartiga tegishli.

Beeline Uzbekistan (VEON Ltd tarkibiga kiradi) 14 500 dan ortiq baza stansiyalariga ega mamlakatdagi eng yirik tarmoqlardan biriga ega. Biroq bu rivojlanishni to‘xtatish degani emas: uyali aloqa xizmatlari birinchi marta paydo bo‘lgan aholi punktlari hali ham mavjud, abonentlar sonining umumiy o‘sishi ham tarmoqni kengaytirishni talab qiladi. Qo‘shimcha uskunalar ilgari o‘rnatilgan baza stansiyalariga yukni kamaytiradi, buning natijasida har bir foydalanuvchi uchun digital-xizmatlar sifati oshadi.

Sentabr oyida eng ko‘p yangi baza stansiyalari Toshkent va Qashqadaryo viloyatida ishga tushirildi – bu yigirmadan ortiq BS. Uchinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati – 18 ta kabinet. Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Andijon viloyatlarida deyarli bir xil miqdorda yangi uskunalar paydo bo‘ldi.

“Tarmoqni rivojlantirish rejalari kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmiga abonentlar ehtiyojlarining o‘sishini qoplash maqsadida ishlab chiqilgan. Vaziyatga qarab, katta shaharlarda ham, kichik qishloqlarda ham, avtomobil yo‘llari va temir yo‘l vokzallarida, sanoat korxonalari va talabalar shaharchalari hududlarida qo‘shimcha uskunalar talab qilinadi. Ammo bir narsa aniq: har bir hududda tarmoq yanada kengroq, ishonchli va yaxshiroq bo‘ladi. Biz abonentlar manfaatlarini ko‘zlab ishlaymiz va O‘zbekistonning barcha rezidentlari uchun LTE tarmog‘i qamroviga erishish yo‘lida ishonch bilan qadam bosmoqdamiz”, — dedi Beeline Uzbekistan’ning texnik direktori Mahmud Nodirov.

***

Unitel MChJ 2006-yilning 12-sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.2 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook

Instagram

Telegram

Twitter

LinkedIn

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi