• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining pasayishi iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?

    Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), soliq yuki va QQS 3 foiz punktgacha tushiriladigan bo‘lsa, bu iqtisodiyotga qanday ta’sir etishi tahlil qilindi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi.

    2021-yilda QQS bo‘yicha tushumlar 38,4 trillion so‘mga yetib, jami daromadlarning (maqsadli jamg‘armalarsiz) 23,4 foizini tashkil qilgan.

    QQS tushumlarining 44 foizi sanoat tarmoqlari, 18 foizi qurilish tashkilotlari, 13 foizi ulgurji va chakana savdo korxonalarining hissasiga to‘g‘ri keladi.

    QQS bo‘yicha soliq yuki iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha notekis taqsimlangan.

    Masalan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida soliq yuki 8,5 foiz, qishloq xo‘jaligida salkam 5 foiz bo‘lsa, qurilish va telekommunikatsiya xizmatlari yo‘nalishida 79 foiz, chakana va ulgurji savdoda 59 foiz, sanoatda 43 foizni tashkil etgan.

     

    Bu iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari uchun bir xil sharoit yaratilishini cheklab, raqobat tamoyillarining amal qilish doirasini cheklaydi.

    Umuman olganda, iqtisodiyot bo‘yicha tarmoqlararo o‘rtacha nisbiy stavka 24 foizni tashkil etdi.

    Bu QQS ning hozirgi 15 foizli nominal stavkasi sharoitida, haqiqiy stavka 3,6 foizni tashkil etishini anglatadi. (15 * 0,24 = 3,6 foiz).

    Soliq yukining eng yuqori darajasi narxlarning o‘zgarishi va ishlab chiqarishning boshqa sharoitlaridan qat’iy nazar ularga barqaror talab mavjud bo‘lgan tarmoqlar (qurilish, savdo-sotiq, ayrim xizmat ko‘rsatish turlari)ga xos.

    Ularning hissasiga iqtisodiyot bo‘yicha ishlab chiqarishning (YIM va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha) atigi 15 foizi, ishchilarning 14 foizi to‘g‘ri keladi. Ushbu guruhning o‘ziga xos xususiyati tashqi muhitga eng kam bog‘liqlik darajasidir.

    Soliq yukining o‘rtacha darajasi qazib olish va qayta ishlash sanoati uchun xarakterlidir. Ushbu tarmoqlarga iqtisodiyotda YIMning to‘rtdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Mazkur tarmoqlar jahon iqtisodiyoti bilan eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan tarmoqlardir.

     

    Bunga sabab oraliq importning 83 foizdan ortig‘i va umumiy eksport hajmining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i ularning ulushiga to‘g‘ri keladi.

    Yuqori soliq yuki sanoat mahsulotlari eksportining o‘sishini cheklaydi, chunki ushbu tarmoqlar uchun QQSning amaldagi yuqori stavkasi tarmoq mahsulotlari narxlarining oshishi va raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.

    Natijalar

    QQS tovarlar/xizmatlar narxiga kiritilgani sababli uning nominal stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha tushirilishi iqtisodiyotning real sektorida narxlarning pasayishiga olib keladi.

    “Xarajatlar-ishlab chiqarish” narx modelidan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday pasayish 0,81 foizni tashkil etadi, deb baholanmoqda.

    Boshqacha aytganda, narxlar umumiy indeksining 0,8 foiz punktga pasayishi soliq tushumlari bo‘yicha yo‘qotishlar (QQS tushumlarining 20 foizga yoki budjetdan tashqari jamg‘armalarni hisobga olmaganda barcha soliq tushumlarining 4,7 foizga kamayishi) uchun kompensatsiya bo‘ladi.

     

    Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir (tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlarni hisobga olmagan holda) 0,57 foiz punktni, bilvosita ta’sir (tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlar bilan) esa 0,24 foiz punktni tashkil etadi. (0,57+0,24=0,81).

    Narxlarning pasayishiga qayta ishlash sanoati (39 foiz), qurilish (14 foiz) va ulgurji va chakana savdo (10 foiz) tarmoqlari eng katta hissa qo‘shadi ya’ni ushbu uchta tarmoq ulushiga umumiy narxlar pasayishning deyarli uchdan ikki qismi to‘g‘ri keladi (0,8 foizdan).

    Shu nuqtayi nazardan, amaldagi va nominal stavkalar o‘rtasidagi tafovutni (100 - 24 = 76 foiz) qisqartirish, shuningdek, standart og‘ish bo‘yicha 22,8 foizni tashkil etgan amaldagi (hisoblangan) stavkalarning tarmoqlararo o‘rtacha ko‘rsatkichini (24 foiz) kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar nisbatan istiqbolli bo‘lishi mumkin.

     

    Bu esa QQS bo‘yicha standart stavkasi pasaygan taqdirda ham soliq tushumlarining o‘sishini ta’minlaydi.

    Ushbu chora-tadbirlar nimadan iborat bo‘lishi kerakligini aniqlash mazkur tadqiqotning maqsadi emas. Shu bilan birga, Xitoy tajribasini o‘rganish foydalidir.

    Xitoyda QQS ning standart stavkasi 13 foizni tashkil qiladi. 9 foizli (chakana savdo, ko‘ngilochar, mehmonxona biznesi, umumiy ovqatlanish, qurilish, transport, pochta va logistika xizmatlari) va 6 foizli (moliyaviy sektor va sug‘urta, axborot texnologiyalari va konsalting) pasaytirilgan QQS stavkalari amal qiladi.

    Soliq solish tizimidagi tez-tez o‘zgarishi optimal emas. Ammo QQSning tabaqalashtirilgan stavkalarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilsa, u o‘zini oqlamagan soliq imtiyozlarining aksariyatini bekor qilgan holda amalga oshirilishi zarur.

     

    Bunda tayyor mahsulotning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi qancha yuqori bo‘lsa, QQS stavkasi ham shuncha past bo‘lishi kerak.

    Bu esa korxonalarga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, qo‘shilgan qiymat ulushini oshirish va tez o‘sib borayotgan soliq yuki shaklida katta xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikda yordam beradi.

    04.10.2022, 15:26   Izoh (0)   11690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda davlat budjetidan 5 mingga yaqin korxonaga 12,7 trln so‘m QQS qoplab berilgan

    04.10.2022, 14:27

    Rossiyadan ko‘paydi, Ukrainadan kamaydi: O‘zbekistonga qaysi davlatlardan ko‘proq pul o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    04.10.2022, 11:48

    Turkiyada yillik inflyatsiya 83 foizdan oshdi

    03.10.2022, 22:12

    O‘zbekistonda “chelnok” savdosi tiklandi. Bu o‘zi nima va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    03.10.2022, 19:50

    Yevropa Ittifoqi lotsmanlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmoqchi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

    03.10.2022, 17:46

    Narxlar o‘sishi tezlashdi: O‘zbekistonda inflyatsiya yana 1 foizga qaytdi

    03.10.2022, 13:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.