Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi to‘yda yo‘qolib qolgan bolaning jasadi quduq ichidan topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 26-sentabr kuni Urgut tumani prokuraturasiga tumanning “Xo‘jayduq” mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U bir kun avval soat 16:00 larda “Etakbeshkapa” MFYda joylashgan to‘yxonaga nabirasi (2018-yilda tug‘ilgan) bilan borgani va biroz vaqtdan so‘ng nabirasi yo‘qolib qolganini aytib, amaliy yordam so‘ragan.

Arizaga asosan viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari, Milliy gvardiya hamda keng jamoatchilik tomonidan birgalikda qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan. Natijada 30-sentabr kuni to‘yxona atrofidagi ichimlik suvi qazib olish uchun mo‘ljallangan 8 metrlik quduq ichidan bolaning jasadi topilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi