Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy shahri hokimligi huzuridagi 1-sonli yotoqxonada yashovchi aholi vakillari yotoqxonaning e’tiborga muhtojligi, ta’mirtalabligi va omboridan chidab bo‘lmas qo‘lansa hid taralayotganini aytmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
Yotoqxonaning 358 ta xonasi mavjud. Hamma xonalar ta’mirga muhtoj. Quvurlari zanglab ketgan. Tutash devorlari yorilgan, umumiy foydalanishga mo‘ljallangan zal va yo‘laklari xarob ahvolga kelgan. Axlatxona omborining qarovsizligi oqibatida suvarak, kana, burga va pashshalar ko‘payib, ular quvurlar va devor yoriqlari orqali yashash xonalariga o‘rmalab kirmoqda”, — deydi aholi vakillari.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbiri yotoqxona ichkarisiga kirib, bor holatni ko‘rishga uringan. Biroq jurnalistga dam olish kuni ekani bahona qilinib, yotoqxona ichkarisiga kirishiga to‘sqinlik qilingan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Muxbir shahar hokimi yordamchisi Umid Qahhorovga jurnalist sifatida axborot olishga haqi borligini, borini boricha yoritish maqsadidaligini tushuntirgan. Umid Qahhorov ushbu masala yuzasidan shahar hokimligi qurilish bo‘limi mutaxassisi Bobur Yo‘ldoshev bilan bog‘lanishni bildirgan. Bobur Yo‘ldoshev esa “Hech kim “negativ” chiqishini istamaydi. Bilishimcha, “negativ” ketyapti, yotoqxonaga kirsangiz, battar “negativ” holatlar ko‘payadi”, — degan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shundan so‘ng jurnalist yotoqxonada yashovchi fuqarolar bilan bino tashqarisida suhbatlashgan. Suhbatdoshlar yotoqxona ahvolining og‘irligini bildirgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Aniqlanishicha, mazkur yotoqxonada 1122 nafar aholi yashaydi. Shundan 390 nafari ayollar bo‘lsa, 270 nafari erkaklar hisoblanadi. 462 nafari esa voyaga yetmaganlarni tashkil qiladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
Biz sizga yotoqxonaning ichki holatlarini suratga tushirib, ahvolining qandayligini ko‘rsatishimiz mumkin. Biroq hokimiyatdagilar keyin bizni tinch qo‘yishmaydi. Shugina yashab turgan joyimizdan ham haydab chiqarishadi. Hozir dam olish kunini ro‘kach qilib, kirishga qarshilik ko‘rsatishadi. Bu birinchi marotaba emas, bunday qarshilik ko‘p bo‘lgan. Birorta rahbarni yotoqxonaning ahvoli qiziqtirmaydi. Sharoitlari og‘ir. Yordamingiz juda zarur”, — deydi ism-sharifini ochiqlamaslikni so‘ragan fuqaro.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shundan so‘ng muxbirga hamrohlik qilgan fuqaro shahardagi qator ko‘chalar, chorrahalar-u, ariqlarning axlatlarga to‘lib yotganini ko‘rsatgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shaharning Nurafshon, Zarafshon, O‘zbekiston, Ibn Sino, Zarapeta kabi ichki ko‘chalaridagi ahvol hamda “Farhod” madaniyat saroyi oldida qad rostlab turgan Sharq ayoli timsoli aks etgan haykal o‘rnatilgan dam olish maskani holati achinarli holda. Bu yer nafaqat, axlatxona, balki hojatxonaga aylantirib yuborilgan. Suv havzasi maishiy chiqindilar bilan to‘la.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat mas’ullaridan biri “Respublikada Navoiy shahridan-da toza shahar yo‘q, garov o‘ynashim mumkin”, degan. Xulosa har kimning o‘ziga.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda