Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda A.D. MCHJ rahbari A.Q. va boshqalar hududiy tijorat banki mas’ul xodimlari o‘zaro til biriktirib, ushbu MCHJga chemodan mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ajratilgan 1,5 milliard so‘m kredit mablag‘ini rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha esa, A.N. MCHJ rahbari N.A. 2019-yilda “Yangi hayot” MFY hududidagi dam olish maskanini zamonaviy tipda qayta ta’mirlash va mehmonxona qurilishi uchun tijorat banki filialidan 1,2 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishgan. Hozirgi kunga qadar qurilish va loyiha ishlarini amalga oshirmasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.F. MCHJ rahbari A.F. ushlangan. U tijorat banki filialidan ajratilgan 90 ming dollardagi kredit evaziga qo‘shni Qozog‘istondan olib kelingan 495 bosh chorva mollarini sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda hududdagi tijorat banki filialining mas’ul shaxslari va B.T. MCHJ norasmiy rahbari U.B. avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish uchun ajratilgan 546,6 million so‘m kredit mablag‘ini naqdlashtirib olishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.Sh.” va “N.J.” oilaviy korxonalari mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 490 million so‘m kredit evaziga non va shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uskunalari sotib olishib, keyinchalik ularni qayta sotib yuborish orqali kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi