Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) o‘zining navbatdagi jangini IBF yo‘nalishidagi majburiy da’vogar Marlon Tapalesga (36-3, 19 KO) qarshi o‘tkazadi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

IBF tashkiloti mazkur jangni o‘tkazish majburiyatini qo‘ygan. Ikkala bokschining vakillariga 25-oktabrga qadar kelishuvga erishish bo‘yicha muhlat bergan, deya xabar qilmoqda “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi.

Agar tomonlar mazkur muddat ichida kelishuvga erisha olmasa, u holda ochiq promouterlik savdosi belgilanadi. Unga ko‘ra jang sovrin jamg‘armasining 65 foizi chempionga nasib qiladi.

Filippinlik bokschi so‘nggi jangini 2022-yilning may oyida o‘tkazib, unda meksikalik Xose Estradani mag‘lubiyatga uchratgan. Ahmadaliyev esa 2022-yilning iyunida amerikalik Ronni Riosni mag‘lub etib, kamarlarini himoya qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda